TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1139 4.1K
Qofiya nima?

Davomi. Boshlanishi bu yerda.

Qofiyaga juda qattiq yopishib olmaslik kerak. Qofiyadagi baʼzi qusurlar, “aybgina”larga koʻz yumsa boʻladi. Muhimi – sheʼrning taʼsirchanligi va toʻkis mazmuni. Qofiyasi toʻq, lekin magʻzi puch sheʼrning qimmati yoʻq. Qofiyasi yoʻgʻ-u, magʻzi bor, taʼsirchanligi kuchli sheʼr chinakam asar sanalaveradi. Yuqorida taʼkidlanganidek, bunday sheʼr yozish ancha mushkul. Asosiysi, bu borada “qofiya kelganda maʼno yoʻl beradi” qabilida ish tutilmasa boʻldi 🙃.

Sheʼrning qofiyasi ham, mazmuni ham zoʻr boʻlsa-chi? Unda bu nur ustiga nur, chinakam sanʼatkorlikdir. Baʼzida usta shoirlar ham bir necha qavatli qofiyalar, soʻz oʻyinlarini qoʻllamoqchi boʻlib, sheʼrni sunʼiylashtirib qoʻyadi. Qofiya bezak ekanini hech qachon unutmaslik kerak. Yoʻqsa, qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish yoki soʻz oʻynatuvchi huqqabozday harakat qilib qoʻyish mumkin.

Oson yoʻldan borib, doim takrorlanadigan qofiyalarni qoʻllash sheʼrning sifatini tushiradi. Osmon degan soʻzga darrov har on degan soʻzni qofiya qilib keltiravermaslik kerak. Koʻp kitob oʻqish soʻz boyligini oshiradi, soʻz boyligi oshishi esa fikrni aniq, tushunarli, ravon va ortiqcha takrorlarsiz ifodalash imkonini beradi. Demak, yaxshi qofiya topish uchun koʻp oʻqish va yangilikka intilish hissi koʻmak beradi.

👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Qofiya nima? Davomi. Boshlanishi bu yerda. Qofiyadosh soʻzlardagi oxirgi undosh va unlilar toʻla mos kelsa va ohangdoshlik kuchli boʻlsa, bu toʻq qofiya boʻladi. Biroq va firoq toʻq qofiya hosil qiladi. Majnun va osmon och qofiyaga ega. Garchi ular bir…
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →