TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1125 5.65K
Qofiya nima?

Davomi. Boshlanishi bu yerda.

Qofiyadosh soʻzlardagi oxirgi undosh va unlilar toʻla mos kelsa va ohangdoshlik kuchli boʻlsa, bu toʻq qofiya boʻladi. Biroq va firoq toʻq qofiya hosil qiladi.

Majnun va osmon och qofiyaga ega. Garchi ular bir xil undosh bilan tugagan boʻlsa-da, undoshlardan oldingi unlilar har xil, shu sababli ohangdoshlik kamaygan. Dars va bahs soʻzlari ham shunga oʻxshash. Ikkala soʻz ham bir xil undosh bilan tugagan, lekin ulardan oldingi undoshlar turlicha boʻlgani sababli ohangdoshlik pasaygan.

Soʻz oxiridagi tovush yoki qoʻshimchalar farqlanadigan, lekin umumiy ohandoshlik paydo boʻlgan oʻrinlarda ham och qofiya bor deb sanaladi. Masalan, yaraladimi-saralarini, darchadan-barchaga, hech kim-kessin soʻzlari ham qofiyadoshdir.

Shu oʻrinda bir nozik jihat bor. Qoʻshimchalar ham qofiya yasashga xizmat qiladi. Lekin ularning yolgʻiz oʻzi qofiya yasay olmaydi. Kitoblar va daftarlar soʻzi qofiyadosh emas. Garchi ular bir xil tovush bilan tugayotgan boʻlsa-da, qoʻshimchasiz qismi, yaʼni kitob va daftar soʻzlari soʻngidagi undoshlar (b, r) farqli. Shu bois bu yerda qofiya yoʻq.

Bir xil soʻzlar ham qofiyadosh hisoblanmaydi. Masalan, uchun-nechun, soʻroq-besoʻroq soʻzlari qofiyadosh emas. Chunki qoʻshimcha qoʻshilgan, oʻzgarish kiritilgan boʻlsa-da, ular aynan bitta soʻzdir: soʻroq – be-soʻroq; uchun – ne uchun.

👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Qofiya nima? Ijod bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan kishi qofiya, vazn, turoq kabi sheʼrning shakliy qonun-qoidalarini bilib olishi kerak. Qofiyadagi kamchiliklar sheʼrning mazmuni, sifati va taʼsir kuchiga putur yetkazishi mumkin. Umuman, bu borada bilim-tasavvurga…
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →