TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1347 4.62K
Soʻngi yoki soʻnggi?

Oxiri ng harfi bilan tugagan va qoʻshimcha qoʻshilgan soʻzlarni yozishda chalkashliklarga yoʻl qoʻyiladi. Masalan, soʻngi – soʻnggi, tongi – tonggi. Bunga asosiy sabab – ng tovushini ikkita harf bilan ifodalash. Bitta tovushni yozuvda ikkita harf bilan ifodalash shunaqa muammolarni keltirib chiqaradi.

Xoʻsh, adashmaslik uchun nima qilish kerak? Masalaning mohiyatini anglab olish uchun baʼzi qoidachalarga amal qilsak boʻldi:

1️⃣ Ng ni bitta harf deb tasavvur etish kerak.

2️⃣ Ng bilan tugagan soʻzni alohida ajratib olib, unga qaysi qoʻshimcha qoʻshilayotganini aniqlash zarur.

3️⃣ Ng bilan tugagan soʻzlar oʻrniga ularning sinonimlarini xayolan qoʻyib koʻrsa boʻladi.

📌 Masalan:

Darsning soʻngi. Bu xuddi darsning boshlanishi deganga oʻxshash birikma. Boshlanish soʻzidan keyin bitta -i egalik qoʻshimchasi qoʻshilyapti. Soʻng soʻzidan keyin ham bitta qoʻshimcha bor, demak, soʻng + i = soʻngi boʻladi.

Endi sinonim bilan alishtirib koʻramiz. Soʻng soʻziga oxir soʻzi sinonim. Darsning oxiri birikmasidagi oxir soʻzi oʻrniga soʻngni qoʻyamiz: darsning soʻngi.

Soʻnggi imkoniyat. Bu xuddi oldingi imkoniyat deganga oʻxshash birikma. Oldin soʻzidan keyin -gi soʻz yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilyapti. Soʻng soʻzidan keyin ham shu qoʻshimcha turibdi, demak, soʻng + gi = soʻnggi boʻladi.

Endi maʼnodosh soʻzdan foydalanamiz. Soʻng soʻziga oxir soʻzi sinonim. Oxirgi imkoniyat birikmasidagi oxir soʻzi oʻrniga soʻngni qoʻyamiz: soʻnggi imkoniyat.

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Тўғри ёзамиз — мутахассис блоги Камчиликларимизни тўлдириб турадиган обуначиларимиз борлигидан хурсандман. Кеча ёзган постим бир ёқлама бўлиб қолибди, шу боис уни тўлдираман. Ушбу сўз сўнг + ги шаклида, яъни фақатгина вақт ва макон маъносидаги сўзлар билан нисбий сифат ҳосил қилувчи …
  • 🔥 13
  • 👍 5
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →