TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1683 3.18K
“Parol” soʻzining oʻzbekchasi

Bu soʻzni bugun ham ishlatamiz. Lekin parol maʼnosida qoʻllamaymiz.

Gap imo, imo-ishora, imlamoq, im qilmoq, im qoqmoq soʻzlari tarkibidagi im haqida ketyapti.

Mahmud Koshgʻariy “Devonu lugʻatit turk”da im soʻzini shunday sharhlaydi: shoh askarlariga qoʻyilgan, tayinlangan yashirin belgi, parol. Bu belgi qush yoki qurol nomi, yoki biror soʻzdan iborat boʻlishi mumkin. Toʻqnashganda uni aytib oʻzlarini tanitadilar. Maqolda shunday kelgan: “Им билса, эр ўлмас”. Yaʼni kishi yashirin belgini bilsa, nohaq oʻlmaydi.

Bu izohdan im soʻzi parol maʼnosini toʻla-toʻkis ifodalashini anglash mumkin.

Im soʻzi ishora maʼnosida qadimda ham qoʻllangan. Jumladan, “Devon”da imlamoq imlash, koʻz yoki qoʻl bilan ishora qilish deb sharhlangan.

Bugun parol soʻzi koʻp ishlatiladi. Ayniqsa, internet va texnologiyalar bilan bogʻliq matnlarda, dastur va ilovalarda unga albatta yoʻliqasiz. Mana shu joylarda im soʻzini parol soʻzi oʻrnida bemalol qoʻllash mumkin.

Lekin uni asl egalari, yaʼni biz qabul qila olamizmi-yoʻqmi – shudir masala.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →