“Voronka”ning oʻzbekchasi bormi?
Ogʻzi tor idishlarga suyuqlik quyish uchun ishlatiladigan voronkani hammamiz bilamiz.
“Voronka” oʻrischa soʻz boʻlib, “naycha” degan maʼnoni bildiradi.
Savol: oʻrislar kirib kelishidan oldin shunday asbob bizda boʻlmaganmi? Boʻlgan! Xoʻsh, uni ota-bobolarimiz nima deb atagan?
Javob “Devonu lugʻotit-turk”da bor. Qoshgʻariy maʼlumotiga koʻra, eski oʻzbek (qadimgi turk) tilida biz hozir begona tildan olib, voronka deb atayotgan asbob angut deb atalgan.
Maqol:
Yurt kichik boʻlsa, angut bedug ur // Idishning ogʻzi kichik boʻlsa, angut qoʻy.
Manba: Eshmon Mallaning gapxonasi
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1918
4.92K
- 👍 53
- 🔥 7
- 😱 2