TGViewer
Channel Public Channel
MaxSoft | Atakulov Kamoliddin

MaxSoft | Atakulov Kamoliddin

@maxsoft_academy

MaxSoft - kelajagingizni biz bilan birga yarating
📞 𝗧𝗲𝗹𝗲𝗳𝗼𝗻: +998939929666
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @maxsoft_admin

Komentlarda reklama tarqatganlar blocklanadi!!!
Subscribers
233
Photos
189
Videos
52
Links
130

Showing posts older than #360 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #359 605
Vaqtingizni ajratishingizga arziydi...

Ko'pchilik sevib tomosha qiladigan "Osmondagi bolalar" loyihasining yangi soni e'lon qilinganiga uncha ko'p vaqt bo'lmadi.  Lekin shunga qaramay ko'rishlar soni ko'p.

Yangi sonda Anvar aka Narzullayev bilan sun'iy ong (intelekt) va boshqa I.T. doirasidagi savollarga javob olingan. Deyarli ikki soat davom etgan suhbat vaqtingizni ajratishingizga arziydi.

P.S.: Temurbek Adhamov va uning jamoasi bugingi yoshlarimizga o'z zamon qahramonlarini va kelajak kasblarini  tanlashga yordam berishmoqda.

https://youtu.be/qDo6lkkPkMI
  • 👍 2
Post #357 624

Forwarded from Bektosh Khatamov

Нега бизда унақа?

“Epam” компаниясининг Ўзбекистондаги бош директори Ренат Ахтямовга шундай савол бердим. “Белорусия ва Украина ҳам, Ўзбекистон ҳам совет таъсиридаги давлатлар бўлган, деярли бир хил вақтда мустақил бўлганмиз, аммо Белорусия, Украина охирги йилларда IT соҳасида етук мутахассисларни етказиб берувчи фабрикага айланди, биз эса анча ортда қолдик, бунга сабаб нима деб ўйлайсиз?”

Жавоб:

Бунга бир нечта омиллар сабаб бўлди, биз Ўзбекистон бозорига кириб келишдан олдин бозорни жуда синчковлик билан таҳлил қилдик ва таҳлил натижалари жуда катта рискларни инобатга олиб ҳатто бозорга кирмасликни ҳам ўйлаганмиз.

1. Мактаблардаги таълим сифати жуда ҳам қолоқ бўлиб қолган, йиллар давомида ўқитувчиларга муносабат жуда қупол равишда бузилган, улар асосан пахта даласидан бери келмаган, максимум ҳар қандай бўйруқни сўзсиз бажарувчи шахсларга айланиб қолишган. Бу эса ўз навбатида таълим сифатини тушуриб юборган. IT соҳасида эса фундаментал билимлар муҳим ҳисобланади.

2. Мактаб дастурларига разм солсангиз, уларда асосан ёдлаш, ёдлаб айтиб бериш ва
баҳо олишга асосланган, лекин IT соҳасида ёдлаш эмас, мантиқ жуда зўр ишлаши керак, сиз IT маҳсулот яратганда асосан жамиятдаги қайсидир муаммони ҳал қиласиз, муаммони ҳал қилиш эса сиздан ёдлашни эмас, унга энг оптимал ечимни мантиқан топиш муҳим.

3. Ўқувчилар математикани яхши билишади, лекин мактаб дарсликларинт математикани қўллашни ўргатмайди, масалан, сиз синус, косинус деган тушунчаларни биласиз, аммо уларни қаерда қўллашни билмайсиз, бу худдики, сузиш ҳақида бир дунё китоб ўқигансиз, сузишнинг фойдалари, усуллари ҳақида тўлиқ биласиз, аммо ўзингиз бирор марта сузиб кўрмагансиз.

4. Белорусия ва Украина ўша совет давридаги таълим тизимини сақлаб қола олди, ҳатто уни қайсидир маънода мукаммаллаштириб борди, ўқитувчиларга навбат билан уйлар берилди, худди совет давридагидай, ундан ташқари ўқитувчининг мақоми юқори ушлаб турилди, тўғри, ўқитувчининг ойлиги Ўзбекистондагидан жуда катта фарқ қилмайди, аммо уларга жуда кўп ижтимоий имтиёзлар берилди.

5. Сизларда бир таълим дастуридан бошқасига сакраш ҳолатини жуда кўп сездик, бундан ташқари қайсидир мактабларда таълим дастурлари оддий мактаблардан тубдан фарқ қилади, масалан, президент мактабларидаги дарсликлар, таълим дастурлари, ўқитувчилар оддий мактабдан жуда катта фарқ қилади, лекин Украина ва Белорусияда ҳамма учун бир таълим дастури. IT соҳа регионал ёки локал ривожлана олмайди.

Мен кузатган сабаблар шулар деб ўйлайман, балки бошқалари ҳам бордир.

———

P.S. Тўғрисини айтсам, жим эшитиб ўтиришдан бошқа йўлим қолмади. 🤌 ўтирдим.

@bektoshkhatamov
  • 👍 3
Post #356 856
Barchangizga hayit muborak bo'lsin!!!
  • 👍 2
Post #355 786

Forwarded from Bektosh Khatamov

Кутманг.

Биласизми камбағаллик, ночорлик, қашшоқлик, етар-етмасликнинг асосий сабаби нимада?

Коррупционер амалдорлардами? Ёки адолатсиз қонунлардами? Ёки монополларга хизмат қиладиган иқтисодиётдами? Ҳа, шубҳасиз булар ҳам сабаблар ҳисобланади, шубҳасиз булар ҳам жиддий омиллар ҳисобланади.

Лекин булардан ҳам муҳимроқ омил бор, бу боқимандалик, ҳа, оммавий боқимандаликка учраган халққа ўхшаймиз. Давлат менга уни қилиб бериши керак, давлат менга буни қилиб бериши керак, палончибой маҳаллада номи чиққан палончиқулга ёрдам қилсин, ойига бир-икки сўм бериб турса, камбағаллашиб қолмайди, палончи дўстимдан қарз олувдим, бермасам ҳам бўлади, ўлиб қолмайди, шу пулга қараб қолмаган-ку.

Мана шунақа гаплар катталаримизнинг онгида ҳам мустаҳкам ўрнашиб қолган, улардан кейинги авлод вакилларига ўтиб кетаверади. Ишонинг, бойлик формуласи унақа ишламайди, камбағаллик боқимандалик деган ботқоққа тушиб бўлгач ундан чиқиб кета олмайди, ёрдам олишга ўрганиб қолган камбағал одам яна ва яна кимлардир унга ёрдам беришга мажбурдек ҳис этади.

Агар ҳалиги ўрганиб қолган ёрдам келмай қолса, дарҳол ўзини йўқотиб қўяди. Бойлик формуласида асосий элемент бу сизнинг ўзингиз, аввало сиз ва сизнинг фикрларингиз муҳим, ўзингизнинг устингизда ишламас экансиз, бой бўлиш шунчаки сизга бир орзу бўлиб қолаверади.

Кутманг. Ҳаракатни бугун бошланг. Ўзингиздан бошқа инсон сизга ёрдам бермайди ва бера олмайди ҳам.

@bektoshkhatamov
  • 😁 1
Post #352 698

Forwarded from Xushnudbek.uz

🤷‍♂️"Tashabbusli byudjet bizga kerakmas, uni yo‘qotish kerak" deyayotganlar, buning oqibatini tushunmayapti.

"Tashabbusli byudjet yopilsin" degan gapning maʼnosi faqat bitta:

❗️“Byudjet pullarini, yaʼni xalqning pulini qayerga ishlatishni xalqqa ishonib bo‘lmaydi, byudjetni taqsimlashni avvalgidek to‘liq hokimlar, vazirlar va boshqa amaldorlarga ishonib topshirish kerak. Xalqqa bunaqa vakolat berilishiga qarshiman, odamlar eplolmaydi yaxshisi bizni taqdirimizni jonajon amaldorlarimizning o‘zi hal qilsin”, degani.
Ha, Sizlar aynan shunaqa deb qichqiryapsizlar.

😠 Chunki Siz endigina xalqqa vakolat berilganda, uni yo‘qotishni xohlayapsiz. Xalqni yana o‘sha korrupsiyaga botgan tizimning qo‘liga topshirmoqchisiz. Tanish-bilishchilik va poraxo‘rlik urchigan tizim natijasida 30 yilda asfalt bo‘lmagan ko‘chalar "Tashabbusli byudjet" orqali obod bo‘lganini ko‘ra olmayapsiz. 30 yilda harobga aylangan maktablar "Tashabbusli byudjet" orqali odambashara bo‘lganini ko‘ra olmayapsiz.

😳 Boshqacha aytganda siz xalqqa emas, amaldorlarga do‘st ekansiz. Byudjetni noto‘g‘ri taqsimlaydigan hokimlar tarafdori bo‘lib, o‘z pulini o‘zi hal qilayotgan xalqqa qarshi ekansiz.

Shuni tushunib, bilib qilyapsizlarmi yoki bilmasdan shunaqa deyapsizlarmi, menga qorong‘u.

❓Lekin tarafingizni aniqlashtirib oling: xalq tomonmisiz yoki amaldorlar?

💬 P/S: Qahramon Aslanovning Twitter’dagi fikri: “Agar Openbudjet otmen bo‘lsa, u haqda salbiy fikr bildirganlar, "yaxshiroq bo‘lishini xohlayman xolos" deb tanqid qilayotganlar, takomillashtirish kerak deb kamchiliklarini ko‘rsatayotganlar,umuman hatto mem yo kulgili video qilib tarqatayotganlaram o‘z vijdonlari oldida javob berishlari kerak”.

P/S: Kecha "Tashabbusli byudjet" haqida 1 soatlik podkast yozgandim, yuqoridagi video shundan parcha. To‘lig‘ini tez orada eʼlon qilishga harakat qilamiz.



👉 @xushnudbek 👈
Post #351 678
Yaqinlarimizni ogohlantirib qo'yamiz. Bunday aldovlar juda ko'p lekin. Baribir sodda odamlarimiz qayta-qayta aldanaveradi.
Post #347 621

Forwarded from Xushnudbek.uz

❗️Diqqat, Telegramda “virus” tarqaldi!

Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing.

Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:

✅ Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:

➖ So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;

➖ Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;

➖ Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.


✅ Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi. Va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.

✅ Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.

‼️Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:

duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo’lmang.


👉 @xushnudbek 👈
Post #346 423
Alisher Sadullaev YouTubeʻning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va administratsiya sho’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.…
Bu avvalambor iqtisodiyot va blogerlikning qon tomirlaridan biri. Juda ham yaxshi xabar.

Youtube.com ga qaytishning manfaatli davri yaqin...
  • 👍 4
Post #345 391

Forwarded from Alisher Sadullaev

YouTubeʻning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin

Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va administratsiya sho’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilingan. Shuningdek, koʻplab blogerlarning YouTube monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olingan.

@alisher_sadullaev
Post #344 461

Forwarded from Sariq Dev

Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
  • 👍 7
  • 👎 1
Post #343 664

Forwarded from Жайдари ҳазиллар

Хабарни ўн кишига юбориб, ўн дақиқа ичида нимадир бўлишини кутиб ўтирган одамнинг мияси...

@jaydari_hazillar | халқона ҳазиллар
  • 😁 5
  • 👍 2
Post #342 537

Forwarded from Web Dasturlash kanali

Siz IT-mutaxassismisiz va sizga netvorking kerakmi?

Unda sizni O'zbekistondagi yangi IT Hamjamiyatining ochilishiga taklif etamiz.

Rasmiy ochilish marosimida 6 nafar spiker so‘zga chiqadi va uchrashuv ishtirokchilariga IT cho‘qqilariga o‘z yo‘lini qurish imkonini bergan muvaffaqiyat sirlari haqida gapirib berishadi:
▪️Alyona Vladimirskaya;
▪️Akmaljon Musayev;
▪️Bobur Rajabov;
▪️Leonid Cherniy;
▪️Munira Bekmuradova;
▪️Shavkat Karimov.

Qiziqarlimi? Unda sizni 4-mart kuni soat 15:00 da Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida kutib qolamiz.

Tadbir ingliz tilida bo'lib o'tadi.

Tadbirga 3-mart, soat 18:00 gacha quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: https://bit.ly/3YZSwiG

Batafsil:
https://bit.ly/3xPPjX0
  • 👍 2
Post #341 589
-Tavakkal qilishdan hech qachon qo'rqmang.
-Yangilik qilishdan qochmang. -Har kuni yurgan yo'lingizdan yurmasdan yangi yo'llarni ham ko'ring.
-Bir xillikdan qoching doim yangilikka hech kim qilmagan ishlarga o'zingizni jalb qiling.

To'g'ri bu oson emas, qiyin, xatolar, mavxumlik, yutqazishlar, kutilmagan vaziyatlar. Ha sizga keragi huddi shular. Shular sizni tarbiyalaydi, o'rgatadi, tajribangizni va bilimingizni oshiradi.

Ishoning siz o'zgarasiz. Boshqalardek oddiy fikrlashdan, omadlilardek fikrlashga o'tasiz. Hayot tarzingiz va daromadingiz o'zgaradi.

Kamoliddin Atakulov
  • 👍 15
  • 🔥 2
Post #340 506
Xatolar va maqsadlar haqida shaxsiy fikrlar.

-Oldingizga maqsad qo'ying. Maqsad kattaroq va uzoq muddatli bo'lsin

-Maqsadingizni bosqichlarga ajrating. Xar bir bosqichda nimalar qilish kerakligi va bunga kerak bo'ladigan resurslarni hisoblab taqsimlab chiqing.

-Maqsadingizga erishishingiz uchun kerak bo'ladigan minimal muddatni belgilang. Bu muddatlarni xar bir bosqich uchun ham belgilash kerak bo'ladi.

-Eng asosiysi shu maqsad natijasini o'zingizda tasavvur qila olishingiz shart.

-Erishishingiz oson bo'lmaydi. Hech kimda oson bo'lmagan. Muvaffaqiyatlilarni omadsizlardan farqi ular nolishmaydi. Yechim izlashadi. To'xtashmaydi faqat oldinga harakat qilishadi.

-Hech bir vaziyatda maqsadni o'zgartirmang. Lekin zarur bo'lsa unga olib boradigan yo'lni o'zgartiring

-Xatolarga tajriba, ilm va maqsad uchun mustaxkam qadam sifatida qarashni o'rganing.

P.S: Kuchli sportchini jaxon chempionatida chempionligini kuzatib havas qilamiz. Lekin mehnatini tasavvur qilolmaymiz.
Ishoning bunga yillar tinimsiz mehnat, qanchadan qancha mag'lubiyatlar va jarohatlar orqali erishiladi. Bu dasturlashni o'rganayotgan yoki taslim bo'lganlarga ham taluqli.

Sizga bugun aql o'rgatayotganlar ham kecha shu xatolarni qilishgan.

Atakulov Kamoliddin
  • 👍 3
Post #338 621

Forwarded from Allaev Uz

Қари дегани ақлли дегани эмас. Қандай қилиб олдинги авлод билими ва тажрибаси қадрсизланганлиги ҳақида.

Жамият ва инсоният ҳаётидаги ўзгаришлар ҳақида давом этамиз. Тарихан кўплаб жанглар ва кашфиётлар бўлгани билан, инсонлар ҳаётида кескин ўзгаришлар камдан-кам бўлган. Масалан, сўнгги асргача дунёнинг аксар ҳудудида деҳқоннинг боласи деҳқон, ҳунармандники ҳунарманд, табибники табиб бўлган. Бир хил соҳада бир хил технология ва билимлар қўлланган жойда қари авлоднинг билими ва тажрибаси ўз-ўзидан ёш авлодникидан кучли бўлган. Бу нарса қари авлодга нисбатан ҳурматни кучли ушлаб турган, шунингдек авлодлар ўртасида низолар ҳам деярли бўлмаган. Катта авлод айтганини ёш авлод қилган.

Лекин, сўнгги аср бутун дунёда инсоният ҳаётини кескин ўзгартирди. Техник тараққиёт эвазига ёш авлод замондан орқада қолган эски авлоддан билим борасида ўтиб кетган ҳолатлар тез-тез учрай бошлади. Бу қаерлардадир авлодлар ўртасида низоларни ҳам келтириб чиқарди. Шунақа даврга келдикки, энди инсоннинг ёши билим борасида кўп нарсани гапирмайди. Энди билим ва тажриба инсоннинг ёши билан баҳоланмайди.

Бунга, албатта кескин технологик ўзгаришлар олиб келди. Бир томондан тараққиёт эвазига катта авлоднинг билимлари эскирди. Иккинчи томондан, ёшлар янги билимга доим мослашувчанроқ бўлиб келган. Дейлик, ХI асрдаги бирор касб эгаси ва ХVI асрдаги ўша касб эгаси ишлаш услуби ўртасида деярли катта фарқ бўлмаган. Бугун бўлса ҳатто 20 йил олдинги билим ҳам актуал эмас. Интернет бўлса ҳаммасини ўзгартирди. Масалан, бугун мактаб боласи компьютердан фойдаланишни 50 йил тажрибаси бор врач ёки бухгалтердан яхшироқ билиши мумкин.

Соҳалар ва йўналишлар кўпайиб, ҳаммаси мураккаблашиб борган сари, янги авлодга ота-онаси ёки оиласидаги катталар билимлари фойдасиз бўлиб бормоқда. Энди инсон кимдан ўргангани эмас, ўзи қандай тажриба тўплагани муҳимроқ бўлиб қолди. Шу учун ҳам 10 000 соат қоидаси Ғарбда кўпроқ танилди. Бу қоидага кўра инсон бир ишда профессионал бўлиши учун 10000 соат тажриба керак. Бу ҳақида «Зукколар ва ландавурлар» китобида яхши таҳлиллар берилган. Бугунги авлод бошқалардан олган билимидан кўра, ўз тажрибасидан қанча нарсани қандай муддатда ўтказганлиги билан баҳоланади. Шу учун ҳам ўзгарувчан дунёда энди катта авлоднинг билими энг асосий бўлмай қолди. Тарихда бола асосан отасининг, отаси бобосининг йўлини такрорлаган бўлса, бугун бола бобосидан жуда фарқли муҳитда, бошқа қадриятлар билан, ҳатто бошқа давлатда ўсиши мумкин.
Билим, шароит, муҳит, ҳаммаси жуда тез ўзгармоқда.

Катталарни ҳурмат қилишимиз, улар бизга ўз умрларини бахш этишгани учун меҳр беришимиз жуда муҳим. Бу инсонийлик белгиси.
Лекин, катта авлод билим ва тажриба манбаи сифатида қаралиши эскирганлиги, қари дегани билимли ёки ақлли деганини англатмаслиги бугунги бутун дунёда кетиб турган ижтимоий жараёндир.

Сиз ва мен бўлса яқин келажакда фарзандларимиз биздан ақллироқ бўлганда, уларнинг ҳаётига аралашиб, улар учун қарор қилиб уларни азоб бермасак, вақти келганда ўрнимизни бўшатиб, эскирган билимимиз ва қадриятларимизни тиқиштирмасак, улар учун аслида катта хизмат қилган бўламиз))

@allaevuzb
asaxiy.uz Малкольм Гладуэлл: Зукколар ва ландавурлар ▷ купить в ASAXIY: цены, характеристики, отзывы Купить Малкольм Гладуэлл: Зукколар ва ландавурлар по выгодной цене в ASAXIY⭐️Акции⚡️Гарантия✅Описание⌚Рассрочка⌛️Быстрая доставка по Ташкенту и Узбекистану 👉 asaxiy.uz
  • 👍 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →