TGViewer
MaxSoft | Atakulov Kamoliddin MaxSoft | Atakulov Kamoliddin @maxsoft_academy · 233 subscribers
Post #344 461

Forwarded from Sariq Dev

Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
  • 👍 7
  • 👎 1
More from @maxsoft_academy
  1. Feb 15, 20262 ta haqiqat: 1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q. 2. Buning yo'lini topgan oda…
  2. Jan 26, 2026School in the Clouds — Ҳиндистон тажрибаси ва нега бу Ўзбекистонга ҳам керак Ҳиндистонда б…
  3. Jan 11, 2026This year, I wish you less — less information 📣 less food 🍆 less entertainment 📺 less c…
  4. Jan 10, 2026"SI kimlarni ishsiz qoldiradi?" ming marotaba qayta-qayta so'ralgan savol. 3 yil avval shu…
  5. Jan 10, 2026Oʻqituvchi darsga tayyorlanishdan tortib, imtihon olishgacha ishlarni SIga berib, oʻzi koʻ…
  6. Jun 5, 2025Bugun jaxon championstiga chiqish nasib qilsin!!! TVni yoqib qoyib footballni kutayotganla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →