❗️Diqqat, Telegramda “virus” tarqaldi!
Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing.
Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:
✅ Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:
➖ So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;
➖ Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;
➖ Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.
✅ Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi. Va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.
✅ Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.
‼️Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:
duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo’lmang.
👉 @xushnudbek 👈
Post #347
621
Forwarded from Xushnudbek.uz



