TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

@xushnudbek

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Subscribers
719K
Photos
15K
Videos
3.8K
Links
12.3K
Recent Posts 13 shown
Post #34303 36.7K
⚽️ Bugun — o’yin kuni!

Bugun U-23 hamda ayollar terma jamoalarimiz Osiyo o’yinlarining chorak finalida maydonga tushadi.

🇺🇿U-23 terma jamoamiz 🇸🇦Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. O’yin soat 10:00 da boshlanadi.

🇺🇿Ayollar terma jamoamiz esa 🇰🇷Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi. O’yin soat 15:30 da start oladi.

Ikkala terma jamoamizga ham omad yor bo’lsin!


👉 @xushnudbek 👈
Post #34302 100K
Xushnudbek.uz 🔥Ertangi o’yinlar yonar ekan: 🇺🇿O’zbekiston — 🇺🇸AQSh 🇮🇳Hindiston — 🇩🇪Germaniya 🇫🇷Fransiya — 🇨🇳Xitoy 🇺🇿O’zbekiston-2 — 🇳🇱Niderlandiya 🇦🇿Ozarbayjon — 🇦🇲Armaniston 👉 @xushnudbek 👈
🔥Qizlarimiz esa amaldagi chempionlar Hindiston jamoasi bilan o’ynar ekan.

Shaxmatchilarimizga ertangi bahslarda omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈
Post #34301 104K
🔥Ertangi o’yinlar yonar ekan:

🇺🇿O’zbekiston — 🇺🇸AQSh
🇮🇳Hindiston — 🇩🇪Germaniya
🇫🇷Fransiya — 🇨🇳Xitoy
🇺🇿O’zbekiston-2 — 🇳🇱Niderlandiya
🇦🇿Ozarbayjon — 🇦🇲Armaniston


👉 @xushnudbek 👈
Post #34300 104K
♟️Qizlarimizni ham e’tirof etaylik. O’zbekiston asosiy jamoasi bugun Niderlandiya ustidan 3:1 hisobida g’alaba qozondi va 13 ochko bilan 6-o’ringa ko’tarilib oldi. Tasavvur qilishingiz uchun, amaldagi chempionlar 🇮🇳Hindiston jamoasida ham 13 ochko bor.

Afro’za Hamdamova, Nilufarxon Imomqo’ziyeva hamda Guldona Karimova raqiblarini taslim etdi, faqat Umida Omonova mag’lub bo’ldi.

Ayollar bahsida 🇨🇳Xitoy 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Post #34296 108K
⚽️🇺🇿O’zbekiston o’rtoqlik o’yinida 🇮🇷Eronni 3:1 hisobida mag’lub etdi

Dastlab, 10-daqiqada Eldor Shomurodov raqiblarning xatosidan keyin hisobni ochdi. 49-daqiqada eronliklar jarima zarbasidan so’ng, muvozanatni tiklashdi.

58-daqiqada Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada esa Husayn Norchayev o’yinga nuqta qo’ygan golni kiritdi – 3:1.

Terma jamoamizning keyingi o’rtoqlik o’yini 1-oktyabr kuni Toshkentda 🇸🇾Suriyaga qarshi bo’lib o’tadi.


👉 @xushnudbek 👈
Post #34294 102K
♟️🇺🇿O’zbekiston-2 jamoasi 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya ustidan muhim g’alabaga erishdi!

Jahongir Vohidov, Abdumalik Abdusalimov hamda Muhammadzohid Suyarov durang o’ynadi.

Humoyun Begmuratov esa g’alaba qozonib, jamoamiz hisobiga qimmatli ochkolarni yozib qo’ydi.

Quvonarlisi, O’zbekiston-2 jamoasi 13 ochko to’plab, 🇮🇳Hindiston, 🇺🇸AQSh, 🇨🇳Xitoy, 🇳🇱Niderlandiya, 🇦🇲Armaniston, 🇫🇷Fransiya, 🇦🇿Ozarbayjon kabi jamoalar bilan bir xil natija qayd etib turishibdi.

🇺🇿O’zbekiston-1 va 🇩🇪Germaniya hisobida esa 14 ochkodan bor.

Oxirida O’zbekiston-2 chempion bo’lib ketsa-ya?😀


👉 @xushnudbek 👈
Post #34293 96K
♟️Butunjahon shaxmat olimpiadasida 🇺🇿O’zbekiston milliy jamoasi birinchi marta mag’lub bo’ldi.

Afsuski, 🇩🇪Germaniya bilan o’yinda yigitlarimiz 2,5 - 1,5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Nodirbek Abdusattorov durang o’ynadi, Javohir Sindarov esa g’alaba qozondi.

Ammo aka-uka Frederik Sveyn hamda Rasmus Sveyn juda zo’r formada ekanligini yana bir isbotlashdi, natijada Nodirbek Yakubboyev va Shamsiddin Vohidov mag’lub bo’ldi.

Germaniya g’alabasi tasodif yoki sensatsiya emas, ular bizgacha 🇺🇸AQSh jamoasini ham mag’lub etishgandi.

Yigitlarimiz esa naq 7 ta tur davomida 28 ta partiyaning birontasida mag’lub bo’lishmagan edi.

❓Endi nima bo’ladi?

Hozirda O’zbekiston qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga 1-o’rinni o’zida saqlab turibdi. Yana 3 ta tur qoldi. Uchalasida ham bizni muhim o’yinlar kutib turibdi. Avval aytganimizdek, buyog’iga oson raqibning o’zi yo’q. AQSh, Niderlandiya, Armaniston — barchasi kuchli raqiblar.

Hozir biz muxlislardan talab qilinadigan yagona ish: yigitlarimizni qo’llab-quvvatlash va duoda bo’lish. Ularning kuchiga ishonamiz, bizning daldamizni his qilishsa, istalgan raqibni yer tishlata olishadi, Xudo xohlasa.

Omad! Allohning o’zi yuzingizni yorug’ qilsin.


👉 @xushnudbek 👈
Post #34290 93K
🥇Osiyo o’yinlari – 2026. Delegatsiyamizda yana ikkita oltin! 5-o’ringa ko’tarilib oldik

🤸‍♂️Sport gimnastikasi:
Oʻtkirbek Joʻrayev dastakli ot mashqida 14.733 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi;

🏃‍♀️Yengil atletika:
Sharifa Davronova ikkinchi bor Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 14.35 metr natija bilan oltin medalga ega chiqdi.

📊 Medallar reytingi: 🥇6 ta oltin, 🥈12 ta kumush va 🥉8 ta bronza – jami 26 ta medal. Umumjamoa hisobida 5-o’ringa ko’tarildik.


👉 @xushnudbek 👈
Post #34289 106K
🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasining 🇮🇷 Eronga qarshi o‘yindagi boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi.

Soat 19:00 da boshlanadigan uchrashuvni “Futbol TV” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Post #34288 111K
Sport sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat

Sport vazirligi tizimidagi 100 ga yaqin sport obyekti va bo‘sh yer maydonlari tadbirkorlar uchun ochiq taklif etilmoqda. Ular davlat-xususiy sheriklik asosida biznes loyihalarini amalga oshirish uchun beriladi.

Tadbirkorlar bundan qanday foydalanishi mumkin?

• Mavjud sport obyektlarida sport-sog‘lomlashtirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
• Yangi sport infratuzilmasini yaratish;
• O‘z investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
• Mavjud biznesini sport yo‘nalishida kengaytirish.

📍 Hududlar kesimida taklif etilayotgan obyekt va yer maydonlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔹 Andijon viloyati
🔹 Buxoro viloyati
🔹 Jizzax viloyati
🔹 Qashqadaryo viloyati
🔹 Navoiy viloyati
🔹 Namangan viloyati
🔹 Samarqand viloyati
🔹 Sirdaryo viloyati
🔹 Surxondaryo viloyati
🔹 Toshkent viloyati
🔹 Farg‘ona viloyati
🔹 Xorazm viloyati
🔹 Toshkent shahri


Reklama
Post #34287 122K
Xushnudbek.uz 🇰🇬Qirg‘iziston bilan “Do‘stlik” postiga nisbatan ikki barobar katta “Keskanyor” chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Uch oyda uning loyihasi ishlab chiqilib, qurilish boshlanadi. Bu yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va muddatini bir…
❗️Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.

Shuningdek, bunday korxonalarning xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Post #34286 128K
❗️O‘zbekistonda 8 oyda 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligining xabar berishicha, joriy yilning 8 oyida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 12 ming 104 ta jinoiy va 1 ming 410 ta maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan.

Hisobot davrida:

➖ 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilib, ulardan 1,4 tonna an’anaviy va 61,7 kg sintetik giyohvandlik vositalari, shuningdek, 4,6 mln dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar olib qo‘yilgan;

➖ 15 ta onlayn narkodo‘kon faoliyatiga barham berilib, noqonuniy savdo bilan shug‘ullangan 1 ming 911 ta internet-resurs bloklangan hamda 18 ta narkolaboratoriya fosh etilgan;

➖ tezkor va profilaktik tadbirlar natijasida 2 tonna 708 kg giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Post #34282 126K
🥇 Osiyo o’yinlari – 2026. O’zbekiston delegatsiyasi yana 3 ta oltin medalni qo’lga kiritdi: 1 ta Osiyo o’yinlari rekordi yangilandi

🛶 Kanoeda eshkak eshish:
Ayollar oʻrtasidagi yakkalik dasturida qatnashgan Shohsanam Sherzodova 200 metr masofaga kechgan bahslarda oltin medalni qoʻlga kiritdi;

🚣 Akademik eshkak eshish:
Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev yengil vaznli sportchilar juftligida (LM2x) ishtirok etib, marraga birinchi boʻlib yetib kelishdi;

🔫 O’q otish:
Pnevmatik toʻpponchadan 10 metrdan otish dasturida qatnashgan Vladimir Svechnikov barcha raqiblaridan ustun keldi. Bu oʻq otish sporti turlarida Osiyo oʻyinlarida 32 yillik tanaffusdan keyin qoʻlga kiritilgan oltin medal boʻldi. Svechnikov, shuningdek, 244,3 ochko bilan Osiyo oʻyinlari rekordini ham yangiladi.

📊 Ayni paytda delegatsiyamiz hisobida 🥇4 ta oltin, 🥈11 ta kumush va 🥉8 ta bronza – jami 23 ta medal mavjud. Umumjamoa hisobida 7-o’rinda bormoqdamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Older posts →

About this channel

How can I read @xushnudbek without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xushnudbek.uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xushnudbek.uz have?
Xushnudbek.uz (@xushnudbek) has 719K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xushnudbek.uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →