TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.24K
Photos
898
Videos
260
Links
694

Showing posts older than #658 · Back to latest

Older Posts 10 shown
Post #654 591
🟢Ayni daqiqalarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibiga bag‘ishlangan ochiq muhokama bo'lib o'tmoqda.


Tadbirda yangi Nizom loyihasining asosiy mazmuni, xizmatlarni mahalliy deb aniqlash mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, ekspertiza jarayonlari hamda sertifikatlangan xizmatlar reestrini yuritish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.


Muhokama davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, amaliy taklif va mulohazalar tinglanmoqda.

Asosiy maqsad — xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun qulay, ochiq va shaffof sertifikatlash tizimini shakllantirish, ularning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda mahalliy xizmatlar bozorida adolatli raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat.


🔠 JONLI EFIR: OCHIQ MUHOKAMA

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 👏 3
Post #649 483
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga keldi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishadi hamda mamlakatimizda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 3
  • 🫡 3
  • ❤ 1
Post #648 451
#OchiqMuhokama

Yaqin soatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibini takomillashtirishga qaratilgan yangi Nizom loyihasiga bag‘ishlangan “Ochiq muhokama” boshlanadi.

Tadbir davomida xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, sertifikatni rasmiylashtirish hamda reyestr yuritish masalalari muhokama qilinadi.

🔠 JONLI EFIR: OCHIQ MUHOKAMA

🥹Boshlanish vaqti: 11:00


Tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida o‘tkaziladi.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🫡 3
  • 🔥 2
Post #647 1.29K
⏱️"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasiga 2️⃣ kun qoldi

Yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun eng avvalo bozor va xaridorni topish kerak.

"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi — mahalliy ishlab chiqaruvchi, yirik davlat buyurtmachisi va investorlarni bir maydonda uchrashtiradi.

📊 O'tgan galgi ko‘rgazma yakunida qariyb 1 milliard AQSH dollarlik 669 turdagi mahsulotni mahalliylashtirish bo‘yicha "Kelajak loyihalari" shakllantirilgan edi.

Endi navbat transport sohasiga.

15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport tarmog‘ining yirik davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlarini taqdim etadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlari va texnologik yechimlarini namoyish etadi.

Agar mahsulotingiz transport sohasida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, bu ko‘rgazma siz uchun yangi hamkorlar va yangi loyihalar sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.

🗓15–16-iyul,
📍 Samarqand viloyati, Jomboy tumani, "Sof Expo".

⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish

👨‍💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • 🫡 2
Post #646 2.4K
⏱️“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 3️⃣kun qoldi

Har bir yirik ishlab chiqarish avvalo ehtiyojni to‘g‘ri aniqlashdan boshlanadi.

📍O‘tgan galgi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida 112 ta korxonaning 1 900 dan ortiq mahsuloti namoyish etildi. Aynan shu platformada yuzlab yangi kooperatsiya aloqalari uchun muzokaralar boshlandi.

Endi transport sohasi navbatda.

15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida transport tarmog‘ining yirik davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlarini taqdim etadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulot va texnologik yechimlarini namoyish etadi.

Agar korxonangiz mahsuloti transport sohasida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

🗓️15–16-iyul
📍Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Sof Expo”

⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish

👨‍💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 3
  • 👌 3
  • 🫡 2
Post #645 1.42K
🔈Hurmatli davlat xaridlari ishtirokchilari!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda amaliy takliflarni shakllantirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ Endilikda siz davlat xaridlari jarayonida uchrayotgan muammo va takliflaringizni quyidagi onlayn havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Agentlikka yuborishingiz mumkin:

🔍 Sizning murojaatlaringiz davlat xaridlari tizimida shaffoflikni oshirish, jarayonlarni soddalashtirish hamda tadbirkorlar uchun yanada qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So’rovnoma joriy yilning 31-iyul sanasiga qadar davom etadi.

Faol ishtirokingiz va tizimni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissangiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 7
  • 👏 3
  • 🫡 3
  • 🔥 2
Post #644 465
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 6-10 iyul, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

✅"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

🌍 “UZCERTEXPERT” axborot platformasining yangilangan talqini ishga tushdi.

🇺🇿🇨🇳O‘zbekistonda shamol turbinalari parraklarini ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliylashtirish loyihasi muhokama qilindi.

🇺🇳BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Agentlik oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

💬 Amudaryoda – navbatdagi ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

👜 Navoiydagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik: Mahalliy mahsulotlar salohiyati o‘rganilmoqda.

🌐Xizmatlarni mahalliy deb e'tirof etishning yangi tartibi bo‘yicha Nizom loyihasi ochiq muhokamaga qo‘yilmoqda.

📍 Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov boshchiligida Navoiy viloyatida yirik sanoat korxonalari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati o‘rganildi.

💬Surxondaryoda navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 4
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 🫡 1
Post #643 440
📍 Navoiy viloyatida mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi

9-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov boshchiligida Navoiy viloyatida yirik sanoat korxonalari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati o‘rganildi.

✔️ Tashrif doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 6-gidrometallurgiya zavodi va ishlab chiqarish obyektlari ko‘zdan kechirildi. Ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning ehtiyojlari, davlat xaridlari orqali xarid qilinayotgan import mahsulotlari hamda ularni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

✔️ Shuningdek, Nurota kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan "Imperial Granite Nurota", "Jom Marble" hamda "Premier Textile" korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati va investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi.

✔️ Tashrif davomida “Navoiy Auto Components”, “Metall mahsulotlari zavodi”, “Tio Prom Kompozit 2022” hamda “Navpromlitmash” korxonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi. Mahalliylashtirishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlariga keng jalb etish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🎤Tashrif yakunida mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilib, davlat xaridlarida ishtirok etish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.


✅ O‘rganishlar yakunida import qilinayotgan mahsulotlarni chuqur tahlil qilish, mahalliylashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirish, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yirik sanoat korxonalari va davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🫡 1
Post #642 900
⏱️“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 4️⃣kun qoldi

Transport sohasida mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.

✅Bugungi kunga qadar ko‘rgazmada ishtirok etish uchun:

🏭70 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi o‘z stendlari bilan qatnashishini tasdiqladi;

🎓6 ta ilmiy va ta’lim tashkiloti innovatsion ishlanmalari va texnologik yechimlarini namoyish etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Ko‘rgazmada transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlari, butlovchi qismlari va texnologik yechimlarini namoyish etish hamda yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📍Agar mahsulotingiz transport sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

🗓️15–16-iyul
📍Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Sof Expo” ko‘rgazma markazi

⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish

👨‍💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 4
  • 🔥 3
  • 🫡 1
Post #638 756
📍 Surxondaryoda navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv bugun Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tashkil etildi.

🎤 Ochiq muloqotda Surxondaryo viloyatidagi 38 ta korxonadan 45 nafar vakil bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning 7 ta hududiy studiyasi orqali 65 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulandi. Natijada tadbir 110 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

〰️ Mazkur ochiq muloqotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilib, hududlardagi tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularga amaliy yechim topish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv davomida jami 26 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 6 ta korxonaga tegishli 8 ta masala ochiq muloqotning o‘zida hal etildi. Qolgan 10 ta muammo va 8 ta taklif esa batafsil ko‘rib chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.

Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev hududdagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif doirasida Muzrabot tumanida joylashgan “ALPOMISH SERVIS INVEST” MChJning sistema va bir martalik shprits ishlab chiqarish korxonasi hamda “SURXON KSP-GRAND” MChJning laminatlangan DSP ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.

Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari, mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.


✔️Hududlarda o‘tkazilayotgan bunday o‘rganishlar ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlash, korxonalarni sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🫡 3
  • 👏 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →