TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.23K subscribers
Post #638 756
📍 Surxondaryoda navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv bugun Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tashkil etildi.

🎤 Ochiq muloqotda Surxondaryo viloyatidagi 38 ta korxonadan 45 nafar vakil bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning 7 ta hududiy studiyasi orqali 65 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulandi. Natijada tadbir 110 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

〰️ Mazkur ochiq muloqotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilib, hududlardagi tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularga amaliy yechim topish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv davomida jami 26 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 6 ta korxonaga tegishli 8 ta masala ochiq muloqotning o‘zida hal etildi. Qolgan 10 ta muammo va 8 ta taklif esa batafsil ko‘rib chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.

Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev hududdagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif doirasida Muzrabot tumanida joylashgan “ALPOMISH SERVIS INVEST” MChJning sistema va bir martalik shprits ishlab chiqarish korxonasi hamda “SURXON KSP-GRAND” MChJning laminatlangan DSP ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.

Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari, mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.


✔️Hududlarda o‘tkazilayotgan bunday o‘rganishlar ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlash, korxonalarni sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🫡 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026✔️17-oktabr kuni Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi! Sanoat koopera…
  2. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘…
  3. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  4. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
  5. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  6. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →