TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.23K subscribers
Post #624 419
✔️BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Agentlik oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 8-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (UNDP)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar oʻzaro tanishuv oʻtkazib, hamkorlikning mavjud yoʻnalishlari hamda uni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

🎤 Muloqot davomida davlat xaridlari tizimini institutsional rivojlantirish, sohada sertifikatlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro ilgʻor tajribalarni joriy etish orqali soha mutaxassislarining salohiyati va malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, davlat xaridlari sohasida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, institutsional imkoniyatlarni mustahkamlash hamda oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.

🤝 Uchrashuv yakunida mazkur yoʻnalishlarda hamkorlikni izchil davom ettirish, qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 7
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026✔️17-oktabr kuni Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi! Sanoat koopera…
  2. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘…
  3. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  4. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
  5. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  6. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →