⏱️"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasiga 2️⃣ kun qoldi
Yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun eng avvalo bozor va xaridorni topish kerak.
"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi — mahalliy ishlab chiqaruvchi, yirik davlat buyurtmachisi va investorlarni bir maydonda uchrashtiradi.
📊 O'tgan galgi ko‘rgazma yakunida qariyb 1 milliard AQSH dollarlik 669 turdagi mahsulotni mahalliylashtirish bo‘yicha "Kelajak loyihalari" shakllantirilgan edi.
Endi navbat transport sohasiga.
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport tarmog‘ining yirik davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlarini taqdim etadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlari va texnologik yechimlarini namoyish etadi.
Agar mahsulotingiz transport sohasida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, bu ko‘rgazma siz uchun yangi hamkorlar va yangi loyihalar sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.
🗓15–16-iyul,
📍 Samarqand viloyati, Jomboy tumani, "Sof Expo".
⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish
👨💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #647
1.29K

- 👍 5
- 🔥 2
- 🫡 2