⏱️“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 4️⃣kun qoldi
Transport sohasida mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.
✅Bugungi kunga qadar ko‘rgazmada ishtirok etish uchun:
🏭70 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi o‘z stendlari bilan qatnashishini tasdiqladi;
🎓6 ta ilmiy va ta’lim tashkiloti innovatsion ishlanmalari va texnologik yechimlarini namoyish etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
Ko‘rgazmada transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlari, butlovchi qismlari va texnologik yechimlarini namoyish etish hamda yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📍Agar mahsulotingiz transport sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
🗓️15–16-iyul
📍Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Sof Expo” ko‘rgazma markazi
⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish
👨💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #642
900

- 👍 5
- 👏 4
- 🔥 3
- 🫡 1