TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #643 440
📍 Navoiy viloyatida mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi

9-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov boshchiligida Navoiy viloyatida yirik sanoat korxonalari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati o‘rganildi.

✔️ Tashrif doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 6-gidrometallurgiya zavodi va ishlab chiqarish obyektlari ko‘zdan kechirildi. Ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning ehtiyojlari, davlat xaridlari orqali xarid qilinayotgan import mahsulotlari hamda ularni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

✔️ Shuningdek, Nurota kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan "Imperial Granite Nurota", "Jom Marble" hamda "Premier Textile" korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati va investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi.

✔️ Tashrif davomida “Navoiy Auto Components”, “Metall mahsulotlari zavodi”, “Tio Prom Kompozit 2022” hamda “Navpromlitmash” korxonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi. Mahalliylashtirishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlariga keng jalb etish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🎤Tashrif yakunida mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilib, davlat xaridlarida ishtirok etish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.


✅ O‘rganishlar yakunida import qilinayotgan mahsulotlarni chuqur tahlil qilish, mahalliylashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirish, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yirik sanoat korxonalari va davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  2. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
  3. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  4. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
  5. Oct 14, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Семинар-тренинг по подготовке специалистов по локализации производства…
  6. Oct 14, 2026✔️ Mashinasozlik korxonalari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari O‘zbekiston mashinasozlik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →