🟢Ayni daqiqalarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibiga bag‘ishlangan ochiq muhokama bo'lib o'tmoqda.
Tadbirda yangi Nizom loyihasining asosiy mazmuni, xizmatlarni mahalliy deb aniqlash mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, ekspertiza jarayonlari hamda sertifikatlangan xizmatlar reestrini yuritish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Muhokama davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, amaliy taklif va mulohazalar tinglanmoqda.
Asosiy maqsad — xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun qulay, ochiq va shaffof sertifikatlash tizimini shakllantirish, ularning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda mahalliy xizmatlar bozorida adolatli raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat.
🔠 JONLI EFIR: OCHIQ MUHOKAMA
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



