“O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlashtirish jarayonini yanada qulay, tezkor, shaffof va xavfsiz tashkil etish maqsadida “UzCertExpert” axborot platformasining takomillashtirilgan talqini ishga tushirildi.
Yangi platforma tadbirkorlarga arizalarni masofadan turib topshirish, ularning ko‘rib chiqilish jarayonini kuzatish va tayyor sertifikatni elektron shaklda olish imkonini beradi.
🟢 Foydalanuvchilar platforma orqali:
- ariza va zarur hujjatlarni onlayn topshirishi;
- ariza holatini real vaqt rejimida kuzatishi;
- hujjatlarni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlashi;
- mahsulot va ishlab chiqarish jarayoniga oid foto - hamda videolarni biriktirishi;
- tayyor sertifikatni elektron shaklda yuklab olishi;
- sertifikatning haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirishi mumkin.
✅ Platformaga kirish OneID va E-IMZO orqali amalga oshiriladi. Bu foydalanuvchini ishonchli identifikatsiya qilish, shaxsiy ma’lumotlar hamda hujjatlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“UzCertExpert” platformasi orqali sertifikat olish jarayoni 4 ta oddiy bosqichdan iborat:
➡️ Ariza yuborish
Kerakli xizmat turi tanlanadi va ariza hamda zarur hujjatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Ekspertiza
Mutaxassislar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli xulosani tayyorlaydi.
➡️ Elektron tasdiqlash
Tayyorlangan hujjat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
➡️ Sertifikatni olish
Tayyor sertifikat elektron shaklda yuklab olinadi va uning haqiqiyligi QR-kod orqali tekshiriladi.
Tizimda arizalarni ekspertlarning amaldagi ish yuklamasiga qarab avtomatik taqsimlash mexanizmi joriy etildi. Bu ekspertlar o‘rtasida ish hajmini mutanosib taqsimlash va arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi.
Shuningdek, mahalliylashtirish darajasini avtomatik hisoblash funksiyasi yaratildi. Ushbu imkoniyat inson omilini kamaytirish, hisob-kitoblarning xolisligi va jarayonlarning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.
Mahsulot va ishlab chiqarish jarayoniga oid foto hamda videolarni arizaga biriktirish imkoniyati esa ayrim holatlarda ishlab chiqarish jarayonlarini masofadan turib o‘rganish uchun sharoit yaratadi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha arizalarni quyidagi manzil orqali yuborish mumkin:
🌐 Platforma:
https://app.expertiza.uz
📞 Qo‘llab-quvvatlash xizmati kontaktlari:
https://app.expertiza.uz/responsibles
🎬 Platformadan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma:
https://www.youtube.com/watch?v=47SkWRca4w4
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
