TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.23K subscribers
Post #631 493
Navoiydagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik: Mahalliy mahsulotlar salohiyati o‘rganilmoqda

Joriy yilning 7–8-iyul kunlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Agentlikning Loyiha ofisi hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tashabbusi bilan jamiyat tizimidagi mutaxassislar uchun Navoiy viloyatidagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan joyiga chiqqan holda tanishishga qaratilgan amaliy tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida ishchi guruh "Navoiy mashinasozlik zavodi" AJ hamda hududdagi qator zamonaviy sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot nomenklaturasi va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, tog‘-kon va metallurgiya sanoati uchun texnologik uskunalar, metall konstruksiyalar va ehtiyot qismlar, burg‘ilash agregatlari, energiya tejamkor LED yoritish vositalari, polipropilen quvurlar, telekommunikatsiya uskunalari, gidravlik va texnologik jihozlar, metall quyma mahsulotlari, kompozit materiallar, shuningdek, isitish radiatorlari va zamonaviy issiqlik uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati o‘rganildi.

🤝 Uchrashuvlar davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud imkoniyatlari hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tizim korxonalarining ehtiyojlari o‘zaro muhokama qilinib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliy korxonalardan xarid qilish, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mahsulotlarni texnik talablarga mos ravishda takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

➡️ Mazkur amaliy tashrif mahalliylashtirish darajasini oshirish, yirik davlat buyurtmachilarining ehtiyojlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisobidan qoplash, import hajmini qisqartirish hamda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

✔️ Tashrif yakunida "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tizim korxonalari ehtiyojlari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilardan mahsulotlar xarid qilish, importni optimallashtirish hamda korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 3
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026✔️17-oktabr kuni Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi! Sanoat koopera…
  2. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘…
  3. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  4. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
  5. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  6. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →