TGViewer
Channel Public Channel
His perspective

His perspective

@hisperspective

Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Subscribers
1.77K
Photos
492
Videos
29
Links
331
Recent Posts 17 shown
Post #635 604
ICTWEEK’da Unitree kompaniyasi ham qatnashayotgani haqida

Kompaniya ko‘rgazmada bir nechta humanoid va ko‘p funksiyali robotlarini namoyish etmoqda. Qiziq tomoni, ayrim modellarni ko‘rgazmaning o‘zida xarid qilish imkoniyati ham mavjud ekan.

Menga ayniqsa Unitree H2 modeli qiziq tuyuldi. Uning imkoniyatlari boshqa modellarga qaraganda ancha o‘zgachadek ko‘rindi. Humanoid ichiga Intel Core i5 protsessori o‘rnatilgani ham e’tiborimni tortdi.

Ishqilib, humanoid kerak boʻlsa kelib olib ketsangiz boʻladi.

Surat: Shaxsiy arxiv.

@hisperspective
  • 🔥 8
  • ❤ 2
Post #632 1.12K
VoiceLab.uz startapi $80 ming investitsiya jalb qilibdi

Startap asoschilaridan biri Elzodxonning aytishicha, VoiceLab.uz platformasidan hozirda kuniga 4–5 ming nafarga yaqin xalqaro foydalanuvchi foydalanmoqda.

Jamoa ayni paytda growth’ga faol e’tibor qaratib, agressiv marketing strategiyasini olib bormoqda. Qolaversa, kompaniya jamoasini kuchaytirish uchun tajribali sotuv menejerini ham izlayapti.

Ishqilib, 10 daqiqa suhbatning o‘zida shuncha yangilik bilib oldim.

Surat: Shaxsiy arxiv.

@hisperspective
  • 🔥 16
  • ❤ 1
  • 🎉 1
Post #631 828
TBC Avto xizmati ishga tushgani haqida

TBC Bank axborot xizmati yangi TBC Avto xizmati ishga tushganini ma’lum qildi. Endilikda avtomobil xarid qilmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar TBC mobil ilovasi orqali o‘zlariga mos mashinani tanlab, avtokreditni ham shu yerning o‘zida rasmiylashtirishi mumkin ekan.

Jarayon qiziq, avtomobil rusumini tanlaysiz, qancha mablag‘ingiz borligini ko‘rsatasiz va ilova sizga mos variantlarni taklif qiladi. Shundan so‘ng avtomobil narxi, kredit shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishib, jarayonni davom ettirasiz.

Ya’ni avtomobil qidirish va uni moliyalashtirish jarayoni bitta mobil ilova ichiga jamlangan. Fintech nuqtayi nazaridan qaraganda, foydalanuvchi uchun ancha qulay yechim. Xuddi shunday yechim sal avvalroq UrbanDrive.uzʼdagi birodarlarimiz tomonidan ham taqdim etilgan edi.

Ishqilib, avkoreditlar bozori oʻlayotgan bir vaqtda qiziq yechim qilishibdi. Endi kim 21.5% dan kreditga mashina oladi bilmadim-u ammo, yechim qiziq.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
  • ⚡ 10
  • ❤ 6
  • 😁 2
  • 🌚 1
Post #630 876
Sunʼiy intellekt insonlarga xavfmi?

Ushbu savolga Akmal Paiziev yaxshi javob beribdilar. Rostdan insoniyatga bo‘lib ham o‘zbeklarga xavf solib turgan tabiiy omillar, ofatlar oldida sunʼiy intellekt keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavf hech narsa emas.

Sizlar bilan ekologik xavflar haqida esa birinchi va ikkkinchi postlarda gaplashib oʻtgan edik.

Video: YouTube.

@hisperspective
  • 🔥 14
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
Post #629 918
Dunyo iste’mol bozoridagi 550 dan ziyod mahsulot 12 ta yirik kompaniya tasarrufida

Bir qarashda iste’mol bozorida yuzlab turli brendlar o‘zaro raqobat qilayotgandek ko‘rinadi. Ammo chuqurroq qaralsa, ularning katta qismi sanoqli yirik kompaniyalar portfeliga tegishli ekanini ko‘rish mumkin.

Masalan, supermarket rastasida o‘nlab turli ichimlik brendlari turadi. Xaridor ular orasidan tanlov qilayotgandek tuyuladi, biroq ayrim hollarda bir-biriga raqobatchidek ko‘ringan bir nechta brend aslida bitta kompaniyaga tegishli bo‘ladi.

Coca-Cola bunga yaxshi misol. Coca-Cola, Fanta, Sprite va boshqa qator ichimliklar bitta kompaniya portfeliga kiradi. Ya’ni xaridor turli brendlar orasidan tanlaydi, kompaniya esa turli did va ehtiyojlarga mos mahsulotlar orqali bozorning bir nechta segmentida bir vaqtning o‘zida ishtirok etadi.

Ana shu “tanlov illuziyasi” ortida kuchli marketing mantig‘i yotadi, xaridorga qancha ko‘p variant taklif qilinsa, uning o‘z didiga mos mahsulotni topish ehtimoli shuncha ortadi. Natijada xaridorning puli baribir kompaniyada qoladi.

Ishqilib, supermarketga kirganingizda toʻlayotgan har soʻmingizni taxminan shu “tanlov illuziyasi” orqali oʻz choʻntaklariga mohirona yoʻnaltirishadi.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
  • 🔥 9
  • 😁 8
  • ❤ 3
Post #628 949
Duolingo til o‘rganish bozoridan siqib chiqarilayotgani haqida

Til o‘rganishni geymifikatsiya modeli asosida ommalashtirgan Duolingo Yevropa bozorida yangi raqobatchi bosimini tobora ko‘proq sezyapti va unga bozorni boy beryapti. Ushbu raqobatchi Turkiyaning Codeway kompaniyasi ishlab chiqqan Learna AI.

Qiziq tomoni, Learna AI qisqa vaqt ichida 5 ta mamlakatda faol o‘sishga erishib, Duolingo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga kirishgan. Agar bu sur’at davom etsa, yaqin yillarda AI asosidagi til o‘rganish platformalari Duolingo’ning bozordagi ulushiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Bu holat til o‘rganish bozorida yangi bosqich boshlanayotganini ko‘rsatadi ya’ni endi foydalanuvchini faqat geymifikatsiya emas, balki sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirilgan ta’lim ham jalb qilmoqda. Buyog‘iga EdTech’ga kirmoqchi bo‘lganlar yaxshiroq hisob-kitob qilishlari kerak.

Ishqilib, sun’iy intellekt hamma narsani tez o‘zgartirib yuboryapti. O‘rganinglar.


Surat: Linkedin.

@hisperspective
  • ❤ 8
  • ⚡ 5
  • 🔥 4
Post #627 985
Claudedagi ushbu funksiya kunlik hayotiy ishlarimni osonlashtirgani haqida

Men odatda ish bilan bog‘liq deyarli barcha yumushlarimni laptopimda bajarishga o‘rganib qolganman. Aniqrog‘i, so‘nggi 10 yil davomida laptopni ryukzakda olib yurib, deyarli istalgan joyda ishlayverardim. Ish stoli shart emasdi. Hatto bir safar metroda tik turgan holimda ham bitta taskni yopganim esimda.

Lekin texnologiya shu darajada rivojlandiki, endi to‘satdan chiqib qoladigan tasklar uchun ryukzakda laptop olib yurishim shart emas. Buning uchun Claude’dagi Remote Control funksiyasi va internetga ulangan PC yoki laptopning o‘zi yetarli.

Dunyoning istalgan nuqtasidan telefonim orqali Claude’ga kerakli topshiriqni beraman, u esa kompyuterimda zarur amaliyotlarni bajarishga yordam beradi. Natijada ilgari laptopni ochishim kerak bo‘lgan ko‘plab ishlarni endi telefonning o‘zidan turib bitirib ketyapman.

Bir paytlar “mobil ishlash” deganda laptopni istalgan joyda ochib ishlashni tushunardik. Hozir esa laptopning o‘zini yonimizda olib yurish ham shart bo‘lmay qolmoqda.

Ishqilib, zamon tez rivojlanyapti o‘rganishga ulgurish shart, zarur. Aytgancha remote controldan foydalanib ko‘ring.

Surat: Google.

@hisperspective
  • 🔥 11
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🌚 1
Post #626 939
O‘zbekistondagi yangilik saytlarida reklama narxlari indeksi

Faoliyatim reklama va marketing bilan bog‘liq bo‘lgani uchun shu sohaga oid davriy postlar tayyorlash niyatim anchadan beri bor edi. Kech bo‘lsa-da, erinchoqlikni yengib, O‘zbekistondagi bir nechta OAVning reklama narxlarini yig‘ib chiqdim va o‘ziga xos reklama narxlari indeksini shakllantirdim.

Agar mahsulot yoki xizmatingizni OAV orqali reklama qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu indeks sizga nashrlarni narx bo‘yicha solishtirish va reklama budjetini rejalashtirishda as qotishi mumkin.

Oddiy foydalanuvchi bo‘lsangiz ham, hech bo‘lmaganda O‘zbekistonda nechta internet nashri faoliyat yuritayotgani va ularda reklama joylashtirish necha pul turishi haqida tasavvurga ega bo‘lasiz (:

Ishqilib, o‘zbek reklama va ayti bozoridagi qiziq postlar uchun olovcha bosib qo‘ying.

Surat: Senior dizayner ChatGPT.

@hisperspective
  • 🔥 42
  • ❤ 1
Post #625 1.06K
Bugundan yangi iphonelar sotuvi boshlandi

Narxlarni tekshirsam kosmos darajada boʻlib yotibdi. 48 million soʻm narx qayerdan kelgan biror doʻkondor keltirib berolmasa kerak.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
  • 😁 28
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🎉 1
Post #624 1.04K
Shaxsiy transformatsiya orqali mahsulot sotish haqida

Yaqinda Yuriy Dudning Morgenshtern bilan navbatdagi intervyusini ko‘rib qoldim. Suhbatda Morgenning hayotidagi o‘zgarishlar, iudaizmni qabul qilishi, bunga olib kelgan sabablar va o‘tmishdagi xatolari haqida batafsil gapiriladi.

Bir qarashda bu bitta insonning keskin o‘zgarishi haqidagi qariyb besh soatlik katta hikoya. Oldingi Morgenshtern bilan bugungisi o‘rtasidagi kontrastning o‘zi tomoshabinni qiziqtiradi va butun liniya davomida ushlab turadi.

Lekin marketolog ko‘zi bilan qaralsa, intervyuning yana bir qatlami ko‘rinadi, shaxsiy transformatsiya hikoyasi asta-sekin mahsulotga olib boradi. Dastlab intervyuda Morgen tomoshabinga emotsiya, yangi obraz, o‘tmish bilan hisob-kitob beradi. Bularning barchasidan keyin oʻzi yozgan kitob haqida gapirishni boshlaydi. Bu infobiznesda ko‘p uchraydigan klassik “progrev” mexanizmini eslatadi.

Kitobga qancha buyurtma tushgani va real konversiya qanday bo‘lganini bilmayman. Buni savdo raqamlarisiz aniq baholab bo‘lmaydi. Ammo intervyu atrofida hosil bo‘lgan ulkan media rezonansi mahsulot uchun juda katta auditoriya e’tiborini yaratgani aniq. Va taxmin qilamanki Morgen ham aynan shu narsani kutib bu ishni qildi. Chunki u nima qilayotganini biladigan yaxshi shoumen.

Ishqilib, odamlar info mahsulot sotishiga qarshi emasman. Lekin, e’tiqod, oila yoki boshqa chuqur shaxsiy qadriyatlar savdo mexanizmining bir qismiga aylanmasligi kerak, deb oʻylayman.


Surat: YouTube.

@hisperspective
  • 🔥 14
  • 👍 4
  • ❤ 2
Post #623 1.09K
прикинь, shunaqa qilsa bo‘larkan!

Tarjimasi: Bu jumlani ChatGPT yordamisiz yozganimni katta mamnuniyat bilan e’lon qilaman.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
  • 😁 45
  • 🔥 5
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
Post #622 1.06K
His perspective O‘zbek biznes yoki startaplaridagi asosiy muammo haqida So‘nggi yillarda marketing konsaltingi bilan shug‘ullanishga qiziqishim oshdi. Asosiy motivim o‘zimdagi bilim va ko‘nikmalarni asosiy ishimdan tashqari boshqa bizneslarda ham sinab ko‘rish, turli sohalardagi…
Men sezgan bu holatning nomi middle income trap ekan va Murodxoʻja aka (AIBA startapi asoschisi)ning aytishlariga qaraganda oʻzbekchada bu kabi biznes egalarini yangi boy deb atar ekanmiz.

Aytgancha bloomberg yaqinda yangilangan milliarderlar reytingini eʼlon qildi. Menimcha har qanday biznes yoki startap egasi oʻz nomini shu roʻyxatda koʻrmaguncha bu kabi sindromlar bilan zaharlanmasligi joiz. Yana bilmadim, falak hayrondir.

Surat: Ilon Musk.

@hisperspective
  • 🔥 16
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 2
Post #621 1.03K
O‘zbek biznes yoki startaplaridagi asosiy muammo haqida

So‘nggi yillarda marketing konsaltingi bilan shug‘ullanishga qiziqishim oshdi. Asosiy motivim o‘zimdagi bilim va ko‘nikmalarni asosiy ishimdan tashqari boshqa bizneslarda ham sinab ko‘rish, turli sohalardagi muammolarni ichkaridan tushunish edi.

Konsalting jarayonida esa bir narsani angladim, deyarli har bir biznesning o‘z muammosi bor. Ammo ko‘p hollarda muammo faqat marketingda, sotuvda yoki jamoada emas biznes egasining o‘zida ham bo‘ladi.

Vaqt o‘tishi bilan ayrim tadbirkorlarda avvalgi ishtiyoq pasayadi. Biznes allaqachon yo‘lga tushgan, daromad bor, lekin uni keyingi bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan energiya va qat’iyat kamaygan. Shunga qaramay, biznesning yanada ko‘proq daromad keltirishi kutiladi. Lekin biznes dangasalikni kechirmaydi.

Agar siz biznes egasi yoki startap asoschisi bo‘lsangiz, kompaniyaning rivoji uchun birinchi navbatda o‘zingiz yonishingiz kerak. Biznes egasidagi energiya, talabchanlik va rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoq ko‘pincha butun jamoaga ko‘chadi. Shunda biznes natijaga erishadi.

Ishqilib, aqlli dangasa bo‘ling va albatta rivojlanishdan to‘xtamang.

Surat: The office.

@hisperspective
  • ⚡ 16
  • 👍 9
  • ❤ 5
  • 😁 1
  • 🦄 1
Post #620 1.14K
  • 😁 34
  • 🌚 6
  • ❤ 2
Post #619 1.21K
  • 😁 42
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
  • 🌚 2
  • 👍 1
Post #618 1.22K
Oʻzbekistonda Apple TV ishlashni boshlabdi

Endilikda oʻzbekistonliklar iCloud+ obunasi yordamida Apple TV xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Bundan tashqari Apple Originalsdagi bir qancha film seriallarni ham tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Ishqilib, yaqin kunlarda apple pay ham ishlab ketsa kerak.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
  • 🔥 21
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🎉 1
  • 🦄 1
Post #617 1.13K
His perspective Tramp Nvidia bosh direktoriga qo‘ng‘iroq qilib joʻralardek gaplashgani haqida All-In Summitdagi Nvidia rahbari Jensen Xuang ishtirokidagi sessiya davomida uning telefoniga Donald Tramp qo‘ng‘iroq qilgan. Xuang qo‘ng‘iroqqa javob berib, suhbatni butun zal…
  • 😁 53
  • 🦄 8
  • 🌚 5
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @hisperspective without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for His perspective: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does His perspective have?
His perspective (@hisperspective) has 1.77K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does His perspective know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →