TGViewer
His perspective His perspective @hisperspective · 1.77K subscribers
Post #624 1.04K
Shaxsiy transformatsiya orqali mahsulot sotish haqida

Yaqinda Yuriy Dudning Morgenshtern bilan navbatdagi intervyusini ko‘rib qoldim. Suhbatda Morgenning hayotidagi o‘zgarishlar, iudaizmni qabul qilishi, bunga olib kelgan sabablar va o‘tmishdagi xatolari haqida batafsil gapiriladi.

Bir qarashda bu bitta insonning keskin o‘zgarishi haqidagi qariyb besh soatlik katta hikoya. Oldingi Morgenshtern bilan bugungisi o‘rtasidagi kontrastning o‘zi tomoshabinni qiziqtiradi va butun liniya davomida ushlab turadi.

Lekin marketolog ko‘zi bilan qaralsa, intervyuning yana bir qatlami ko‘rinadi, shaxsiy transformatsiya hikoyasi asta-sekin mahsulotga olib boradi. Dastlab intervyuda Morgen tomoshabinga emotsiya, yangi obraz, o‘tmish bilan hisob-kitob beradi. Bularning barchasidan keyin oʻzi yozgan kitob haqida gapirishni boshlaydi. Bu infobiznesda ko‘p uchraydigan klassik “progrev” mexanizmini eslatadi.

Kitobga qancha buyurtma tushgani va real konversiya qanday bo‘lganini bilmayman. Buni savdo raqamlarisiz aniq baholab bo‘lmaydi. Ammo intervyu atrofida hosil bo‘lgan ulkan media rezonansi mahsulot uchun juda katta auditoriya e’tiborini yaratgani aniq. Va taxmin qilamanki Morgen ham aynan shu narsani kutib bu ishni qildi. Chunki u nima qilayotganini biladigan yaxshi shoumen.

Ishqilib, odamlar info mahsulot sotishiga qarshi emasman. Lekin, e’tiqod, oila yoki boshqa chuqur shaxsiy qadriyatlar savdo mexanizmining bir qismiga aylanmasligi kerak, deb oʻylayman.


Surat: YouTube.

@hisperspective
  • 🔥 14
  • 👍 4
  • ❤ 2
More from @hisperspective
  1. Sep 23, 2026ICTWEEK’da Unitree kompaniyasi ham qatnashayotgani haqida Kompaniya ko‘rgazmada bir nechta…
  2. Sep 23, 2026VoiceLab.uz startapi $80 ming investitsiya jalb qilibdi Startap asoschilaridan biri Elzodx…
  3. Sep 22, 2026TBC Avto xizmati ishga tushgani haqida TBC Bank axborot xizmati yangi TBC Avto xizmati ish…
  4. Sep 21, 2026Sunʼiy intellekt insonlarga xavfmi? Ushbu savolga Akmal Paiziev yaxshi javob beribdilar. R…
  5. Sep 21, 2026Dunyo iste’mol bozoridagi 550 dan ziyod mahsulot 12 ta yirik kompaniya tasarrufida Bir qar…
  6. Sep 20, 2026Duolingo til o‘rganish bozoridan siqib chiqarilayotgani haqida Til o‘rganishni geymifikats…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →