Dunyo iste’mol bozoridagi 550 dan ziyod mahsulot 12 ta yirik kompaniya tasarrufida
Bir qarashda iste’mol bozorida yuzlab turli brendlar o‘zaro raqobat qilayotgandek ko‘rinadi. Ammo chuqurroq qaralsa, ularning katta qismi sanoqli yirik kompaniyalar portfeliga tegishli ekanini ko‘rish mumkin.
Masalan, supermarket rastasida o‘nlab turli ichimlik brendlari turadi. Xaridor ular orasidan tanlov qilayotgandek tuyuladi, biroq ayrim hollarda bir-biriga raqobatchidek ko‘ringan bir nechta brend aslida bitta kompaniyaga tegishli bo‘ladi.
Coca-Cola bunga yaxshi misol. Coca-Cola, Fanta, Sprite va boshqa qator ichimliklar bitta kompaniya portfeliga kiradi. Ya’ni xaridor turli brendlar orasidan tanlaydi, kompaniya esa turli did va ehtiyojlarga mos mahsulotlar orqali bozorning bir nechta segmentida bir vaqtning o‘zida ishtirok etadi.
Ana shu “tanlov illuziyasi” ortida kuchli marketing mantig‘i yotadi, xaridorga qancha ko‘p variant taklif qilinsa, uning o‘z didiga mos mahsulotni topish ehtimoli shuncha ortadi. Natijada xaridorning puli baribir kompaniyada qoladi.
Ishqilib, supermarketga kirganingizda toʻlayotgan har soʻmingizni taxminan shu “tanlov illuziyasi” orqali oʻz choʻntaklariga mohirona yoʻnaltirishadi.
Surat: Linkedin.
@hisperspective
Post #629
926

- 🔥 9
- 😁 8
- ❤ 3