TBC Avto xizmati ishga tushgani haqida
TBC Bank axborot xizmati yangi TBC Avto xizmati ishga tushganini ma’lum qildi. Endilikda avtomobil xarid qilmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar TBC mobil ilovasi orqali o‘zlariga mos mashinani tanlab, avtokreditni ham shu yerning o‘zida rasmiylashtirishi mumkin ekan.
Jarayon qiziq, avtomobil rusumini tanlaysiz, qancha mablag‘ingiz borligini ko‘rsatasiz va ilova sizga mos variantlarni taklif qiladi. Shundan so‘ng avtomobil narxi, kredit shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishib, jarayonni davom ettirasiz.
Ya’ni avtomobil qidirish va uni moliyalashtirish jarayoni bitta mobil ilova ichiga jamlangan. Fintech nuqtayi nazaridan qaraganda, foydalanuvchi uchun ancha qulay yechim. Xuddi shunday yechim sal avvalroq UrbanDrive.uzʼdagi birodarlarimiz tomonidan ham taqdim etilgan edi.
Ishqilib, avkoreditlar bozori oʻlayotgan bir vaqtda qiziq yechim qilishibdi. Endi kim 21.5% dan kreditga mashina oladi bilmadim-u ammo, yechim qiziq.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
Post #631
831

- ⚡ 10
- ❤ 6
- 😁 2
- 🌚 1