ICTWEEK’da Unitree kompaniyasi ham qatnashayotgani haqida
Kompaniya ko‘rgazmada bir nechta humanoid va ko‘p funksiyali robotlarini namoyish etmoqda. Qiziq tomoni, ayrim modellarni ko‘rgazmaning o‘zida xarid qilish imkoniyati ham mavjud ekan.
Menga ayniqsa Unitree H2 modeli qiziq tuyuldi. Uning imkoniyatlari boshqa modellarga qaraganda ancha o‘zgachadek ko‘rindi. Humanoid ichiga Intel Core i5 protsessori o‘rnatilgani ham e’tiborimni tortdi.
Ishqilib, humanoid kerak boʻlsa kelib olib ketsangiz boʻladi.
Surat: Shaxsiy arxiv.
@hisperspective
Post #635
658


- 🔥 9
- ❤ 4
- 👍 1