Duolingo til o‘rganish bozoridan siqib chiqarilayotgani haqida
Til o‘rganishni geymifikatsiya modeli asosida ommalashtirgan Duolingo Yevropa bozorida yangi raqobatchi bosimini tobora ko‘proq sezyapti va unga bozorni boy beryapti. Ushbu raqobatchi Turkiyaning Codeway kompaniyasi ishlab chiqqan Learna AI.
Qiziq tomoni, Learna AI qisqa vaqt ichida 5 ta mamlakatda faol o‘sishga erishib, Duolingo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga kirishgan. Agar bu sur’at davom etsa, yaqin yillarda AI asosidagi til o‘rganish platformalari Duolingo’ning bozordagi ulushiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Bu holat til o‘rganish bozorida yangi bosqich boshlanayotganini ko‘rsatadi ya’ni endi foydalanuvchini faqat geymifikatsiya emas, balki sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirilgan ta’lim ham jalb qilmoqda. Buyog‘iga EdTech’ga kirmoqchi bo‘lganlar yaxshiroq hisob-kitob qilishlari kerak.
Ishqilib, sun’iy intellekt hamma narsani tez o‘zgartirib yuboryapti. O‘rganinglar.
Surat: Linkedin.
@hisperspective
Post #628
978

- ❤ 8
- ⚡ 5
- 🔥 4