Claudedagi ushbu funksiya kunlik hayotiy ishlarimni osonlashtirgani haqida
Men odatda ish bilan bog‘liq deyarli barcha yumushlarimni laptopimda bajarishga o‘rganib qolganman. Aniqrog‘i, so‘nggi 10 yil davomida laptopni ryukzakda olib yurib, deyarli istalgan joyda ishlayverardim. Ish stoli shart emasdi. Hatto bir safar metroda tik turgan holimda ham bitta taskni yopganim esimda.
Lekin texnologiya shu darajada rivojlandiki, endi to‘satdan chiqib qoladigan tasklar uchun ryukzakda laptop olib yurishim shart emas. Buning uchun Claude’dagi Remote Control funksiyasi va internetga ulangan PC yoki laptopning o‘zi yetarli.
Dunyoning istalgan nuqtasidan telefonim orqali Claude’ga kerakli topshiriqni beraman, u esa kompyuterimda zarur amaliyotlarni bajarishga yordam beradi. Natijada ilgari laptopni ochishim kerak bo‘lgan ko‘plab ishlarni endi telefonning o‘zidan turib bitirib ketyapman.
Bir paytlar “mobil ishlash” deganda laptopni istalgan joyda ochib ishlashni tushunardik. Hozir esa laptopning o‘zini yonimizda olib yurish ham shart bo‘lmay qolmoqda.
Ishqilib, zamon tez rivojlanyapti o‘rganishga ulgurish shart, zarur. Aytgancha remote controldan foydalanib ko‘ring.
Surat: Google.
@hisperspective
Post #627
987

- 🔥 11
- ❤ 3
- 👍 2
- 🌚 1