O‘zbekistondagi yangilik saytlarida reklama narxlari indeksi
Faoliyatim reklama va marketing bilan bog‘liq bo‘lgani uchun shu sohaga oid davriy postlar tayyorlash niyatim anchadan beri bor edi. Kech bo‘lsa-da, erinchoqlikni yengib, O‘zbekistondagi bir nechta OAVning reklama narxlarini yig‘ib chiqdim va o‘ziga xos reklama narxlari indeksini shakllantirdim.
Agar mahsulot yoki xizmatingizni OAV orqali reklama qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu indeks sizga nashrlarni narx bo‘yicha solishtirish va reklama budjetini rejalashtirishda as qotishi mumkin.
Oddiy foydalanuvchi bo‘lsangiz ham, hech bo‘lmaganda O‘zbekistonda nechta internet nashri faoliyat yuritayotgani va ularda reklama joylashtirish necha pul turishi haqida tasavvurga ega bo‘lasiz (:
Ishqilib, o‘zbek reklama va ayti bozoridagi qiziq postlar uchun olovcha bosib qo‘ying.
Surat: Senior dizayner ChatGPT.
@hisperspective
Post #626
940

- 🔥 42
- ❤ 1