O‘zbek biznes yoki startaplaridagi asosiy muammo haqida
So‘nggi yillarda marketing konsaltingi bilan shug‘ullanishga qiziqishim oshdi. Asosiy motivim o‘zimdagi bilim va ko‘nikmalarni asosiy ishimdan tashqari boshqa bizneslarda ham sinab ko‘rish, turli sohalardagi muammolarni ichkaridan tushunish edi.
Konsalting jarayonida esa bir narsani angladim, deyarli har bir biznesning o‘z muammosi bor. Ammo ko‘p hollarda muammo faqat marketingda, sotuvda yoki jamoada emas biznes egasining o‘zida ham bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan ayrim tadbirkorlarda avvalgi ishtiyoq pasayadi. Biznes allaqachon yo‘lga tushgan, daromad bor, lekin uni keyingi bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan energiya va qat’iyat kamaygan. Shunga qaramay, biznesning yanada ko‘proq daromad keltirishi kutiladi. Lekin biznes dangasalikni kechirmaydi.
Agar siz biznes egasi yoki startap asoschisi bo‘lsangiz, kompaniyaning rivoji uchun birinchi navbatda o‘zingiz yonishingiz kerak. Biznes egasidagi energiya, talabchanlik va rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoq ko‘pincha butun jamoaga ko‘chadi. Shunda biznes natijaga erishadi.
Ishqilib, aqlli dangasa bo‘ling va albatta rivojlanishdan to‘xtamang.
Surat: The office.
@hisperspective
Post #621
1.03K

- ⚡ 16
- 👍 9
- ❤ 5
- 😁 1
- 🦄 1