TGViewer
Channel Public Channel
TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash

TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash

@tkti_startap

🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti

🏆 Talabalar yutuqlari
🚀 Startap va innovatsion loyihalar
🔬 Ilmiy-tadqiqot faoliyati
💡 Tanlovlar, grantlar va yangi imkoniyatlar

Har bir talabada — iqtidor bor

@TKTI_Startaps_bot

Murojaat uchun: @M_Mavlonovga
Subscribers
183
Photos
106
Videos
12
Links
42
Recent Posts 11 shown
Post #139 235
🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026/2027-o'quv yili uchun institutda tashkil etilgan "Atoqli olimlar" hamda "Ibroyim Yusupov nomidagi" stipendiyalarga hujjatlar qabul qilinayotganini e'lon qilamiz!

Tanlov quyidagi nufuzli stipendiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

✅ Akademik Xusniddin Rustamov nomidagi
✅ Akademik To‘lqin Mirkomilov nomidagi
✅ Akademik Anna Glushenkova nomidagi
✅ Akademik Karim Ahmedov nomidagi
✅ Akademik Zokirjon Salimov nomidagi
✅ Xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi

📝 Qatnashish uchun umumiy talablar:
✔️Kunduzgi bakalavriat talabasi boʻlgan (2-, 3- va 4-bosqich talabalari);
✔️Avvalgi semestrlardan akademik qarzi bo‘lmagan va o‘qish davomidagi barcha baholari faqat a’lo bo‘lgan.

💡 Muhim eslatma: Ko‘pchilik talabalarimizning murojaatlarini inobatga olib va ularga imkoniyat yaratish maqsadida, mazkur tanlovda chet tili sertifikati majburiy talab sifatida istisno qilinadi. Ya’ni, qo‘lida sertifikati yo‘q iqtidorli talabalarimiz ham quyidagi qo‘shimcha yutuqlarga ega bo‘lgan holda o‘z hujjatlarini topshirishlari mumkin!

🏆 Talabgor quyidagi talablardan kamida bittasiga javob berishi lozim:
✅ Respublika yoki xalqaro ilmiy jurnalda maqola;
✅ Grantga loyiq innovatsion ishlanma;
✅ Intellektual mulk yoki startap loyihasidagi ishtirok;
✅ Respublika yoki xalqaro olimpiada, tanlov yoki sport musobaqasidagi ishtirok / sovrinli natija.

📄 Topshiriladigan hujjatlar:
1️⃣ Ariza
2️⃣ Pasport nusxasi
3️⃣ Transkript (faqat a'lo baholarga)
4️⃣ Yutuqlar ro‘yxati va tasdiqlovchi hujjatlar
5️⃣ Chet tili sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
6️⃣ Kafedra va fakultet bayonnomasidan koʻchirma

📁 Hujjatlar jild yoki papkaga joylangan holda topshiriladi.

📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati:
Hujjatlar joriy yilning 16-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi. (shu kun ham) 

📞 Murojaat uchun:
😎 @M_Mavlonovga
📞 +998 95 630 80 02

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🎉 1
Post #133 2K
#PresidentAIAward2026
#TuproqIQ
#startaper
#ilmiy_faoliyat

🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYMIZ!

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Startaplar klubi loyihasi — President AI Award 2026 tanlovining TOP 5 eng istiqbolli startaplari qatorida!

🚀 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Startaplar klubi tomonidan ilgari surilgan TuproqIQ innovatsion startap loyihasi President AI Award 2026 tanlovining dastlabki saralash hamda Offline Pitching bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro akseleratsiya dasturiga yo‘llanma oldi!

🏆 Bu natija qanday qo‘lga kiritildi?
✅ Tanlovga kelib tushgan dastlabki 655 ta ariza orasidan loyiha birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
✅ Keyingi bosqichda 220 dan ortiq startap o‘z loyihalarini xalqaro ekspertlar oldida taqdim etdi (Offline Pitching).
✅ Yakuniy saralash natijalariga ko‘ra, TuproqIQ reen Economy & Agrotech AI yo‘nalishida eng yaxshi 5 ta startap jamoasi qatoridan joy olib, achkolar hisobida
3-o'rinda intensiv akseleratsiya dasturining final bosqichiga qabul qilindi.


🌎 Xalqaro akseleratsiya dasturi dunyoning yetakchi innovatsion platformalaridan biri — Plug and Play tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastur davomida startap jamoalari xalqaro mentorlar bilan ishlash, mahsulotlarini takomillashtirish, biznes modellarini rivojlantirish hamda investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

💰 Tanlovning investitsiya mukofotlari: Tanlovda beshta yo'nalish bo'yicha (har bir yo'nalishdan 3 tadan) eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan 15 jamoa quyidagicha investetsiyalarni jalb qilish imkoniga ega bo'ladilar.
🥇 1-o‘rin — 100 000 AQSH dollari
🥈 2-o‘rin — 60 000 AQSH dollari
🥉 3-o‘rin — 40 000 AQSH dollari
Ushbu mablag‘lar tanlovning yakuniy g‘oliblariga startaplarini rivojlantirish uchun investitsiya sifatida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

👏 TuproqIQ jamoasini ushbu katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

Bu muvaffaqiyat institutimizda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalarini startap loyihalarga aylantirish hamda ularni xalqaro darajaga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

🤝 Jamoamizga akseleratsiya dasturining keyingi bosqichlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yuqori natijalar tilaymiz!

TuproqIQ jamoasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • 👍 5
  • 🤩 4
  • ⚡ 2
  • 👏 2
  • 🏆 2
  • 👨‍💻 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🎉 1
Post #132 337
🎓 TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA PYTHON DASTURLASH KURSLARIGA YANGI QABUL!

🔈 IT sohasiga qiziqasizmi? O‘z dasturlaringizni yaratishni, masalalarni kod orqali yechishni va kelajakda professional dasturchi bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ushbu kurs aynan siz uchun!

💻 Kurs mutlaqo noldan boshlanadi!
Dasturlash bo‘yicha oldindan bilimga ega bo‘lish talab etilmaydi. Mashg‘ulotlar sodda tushuntirishlar va amaliy topshiriqlar asosida olib boriladi.

🎯 Kursning afzalliklari:
🪧 Noldan boshlab bosqichma-bosqich o‘rganish
🪧 Har bir mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
🪧 Real loyihalar ustida ishlash imkoniyati
🪧 Kurs yakunida bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish

📣 Yangi guruhga qabul boshlandi!
🗓 Kurs boshlanish sanasi: 20.10.2026
🔜 Mashg‘ulotlar jadvali: Seshanba, Payshanba, Shanba
📍 Manzil: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
⌨️ Ta’lim shakli: offline
✍️Ro‘yxatdan o‘tish: Havola
💬 Murojaat uchun: @Python_kurs_uchun
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 🎉 2
Post #131 181
#startaper

Startap loyiha nomi: X-Health

Muallif: Muhammad Sadiyev Startaplar klubi faol a'zosi (Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi "Mexatronika va robototexnika" yo‘nalishi, 1-kurs talabasi)

1. Loyihaning asosiy maqsadi va muammo
Kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tiradigan talabalar, dasturchilar va aqliy mehnat egalari kun davomida jismoniy faollik yetishmasligidan aziyat chekadi. Katta mashg‘ulotlarga vaqt yoki xafsala yetmasligi sababli, loyiha kuniga 5–10 daqiqalik mikro-mashqlarni (sakrash, o‘tirib-turish) muntazam odatga aylantirishga yordam beradi.

2. Texnik yechim (Qanday ishlaydi?)
● Gadjetsiz tizim: Maxsus aqlli soat yoki brasletlar talab etilmaydi.
● Computer Vision (Kompyuter ko‘rish): Foydalanuvchi smartfon kamerasini
to‘g‘rilab qo‘yadi; tizim sun’iy intellekt orqali inson tanasining harakatini ko‘rib,
mashqlarning to‘g‘riligi va sonini real vaqt rejimida avtomatik hisoblaydi.
● Streak va vizual motivatsiya: Bajarilgan mashqlar va kunlik davomiylik maxsus
grafik interfeysda qayd etib boriladi.
● Duel rejimi: Kursdoshlar yoki do‘stlar bilan masofaviy qisqa bellashuv o‘tkazish
imkoniyati mavjud.

3. Hozirgi holati
Telegram platformasida ishlovchi interfeys (bot/Mini App) formatida ishga tushirilgan.
Dastlabki sinov bosqichida biznes auditoriyasida yoritilib, yuzlab foydalanuvchilar tomonidan amalda sinab ko‘rilmoqda.

🌐 Botdan foydalanish:
😄@x_healthbot

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🎉 3
  • 👏 2
  • 🔥 1
  • 🤔 1
Post #130 97

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga!

27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 innovatsion haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
⚫️Loyihangizni investorlar va mutaxassislarga taqdim etish
⚫️Investorlar va potensial hamkorlar bilan tanishish
⚫️Sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va yashil energetika bo‘yicha muhokamalarda qatnashish

Agar sizda startap loyiha yoki g‘oya bo‘lsa, uni rivojlantirish uchun hamkor va investitsiya topish imkoniyatidan foydalaning.

⚫️Sana: 27–29-oktabr
⚫️Manzil: CAEx

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: innoweek.uz

Ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 3
  • 🎉 2
  • 👍 1
Post #129 60

Forwarded from Edu.uz

#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🎉 3
  • 🥰 2
Post #128 97

Forwarded from O'zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali

🏆 “IXTIROCHI AYOL – 2026” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!

“Ixtirochi ayol – 2026” tanlovining respublika bosqichida kimyo sanoati, ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan iqtidorli ayollar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tanlovning turli nominatsiyalari hamda faxrli o‘rinlari bo‘yicha quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

🥇 I o‘rin sohibasi “Navoiyazot” AJ xodimi Samadova Dilafruz.



🥈 II o‘rin sohibalari:
🔵 “Maxam-Chirchiq” AJ xodimi Abduxalikova Nazira;
🔵 “Ammofos-Maxam” AJ xodimi Bayzakova Lobar;


🥉 III o‘rin sohibalari:
🔵Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Abdurahimova Bahmaloy;
🔵 “Navoiyazot” AJ xodimlari Ro‘ziqulova Gulbahor va Rahimova Gulchehra.


🔵“Eng yaxshi eko innovatsiya” nominatsiyasi: “Ammofos-Maxam” AJ xodimi Ergasheva Dilnoza;
🔵“Eng yaxshi kelajak materiali” nominatsiyasi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Abdujalilova Oyisha;
🔵“Eng yaxshi tadqiqot ishi” nominatsiyasi: Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi Yusupxodjayeva Zulfiya.

G‘oliblar “O‘zkimyosanoat” AJning diplom, statuetka hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

✨ Barcha g‘olibalarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga yangi ixtirolar, ilmiy izlanishlar, ulkan yutuqlar va kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
————————————————————————
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram|Youtube
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #127 103

Forwarded from Rustam Karimjonov

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!


🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

❤ https://t.me/rkarimjonov
  • ⚡ 3
  • ❤ 2
  • 🏆 2
  • 👀 2
  • 🐳 1
  • 😇 1
Post #126 2.61K
#startaper

SIZ HAM STARTAP QILA OLASIZ!

🧪 Kimyoni yaxshi bilasizmi?
💻 Dasturlashni bilasizmi?
🎨 Dizayn qilish qo‘lingizdan keladimi?
📊 Biznes va menejmentni tushunasizmi?
🎤 Taqdimot qilish va omma oldida gapirishda eng zo‘rmisiz?
⚙️ Muhandislik masalalarini yechishni yoqtirasizmi?
📱 SMM va marketingga qiziqasizmi?
💡 Yoki shunchaki yaxshi g‘oyalaringiz ko‘pmi?
Unda sizga jamoa kerak. 🤝
Chunki katta loyihalar yolg‘iz yaratilmaydi.

Bir kishida — 💡 g‘oya.
Boshqasida — 💻 texnologiya.
Yana birida — 🎨 kreativlik.
Kimdadir — 📊 biznes fikrlash.
Yana birida esa — 🔥 loyihani oxirigacha olib boradigan energiya.
Ularni birlashtirsak-chi? 👀


🚀 KATTA STARTAPLAR SHU YERDAN BOSHLANADI.
Shu maqsadda

🤖 @TKTI_Startaps_bot

botga kirib, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qoldiring:

📌 Ro‘yxatdan o‘tgan talabalar "TKTI Startap" yopiq guruhiga qo‘shiladi.

🔥 Birgalikda:
— yangi startap g‘oyalarini ishlab chiqamiz;
— jamoalar shakllantiramiz;
— real loyihalar ustida ishlaymiz;
— tanlov va grantlarga tayyorlanamiz;
— g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantiramiz.

Sizning bugungi ko‘nikmangiz — ertangi katta loyihaning eng muhim qismi bo‘lishi mumkin. 🚀

👇 O‘zingizni ko‘rsating:
🤖 @TKTI_Startaps_bot

Ro‘yxatdan o‘ting. Jamoaga qo‘shiling.

Keyingi katta loyiha aynan siz bilan boshlanishi mumkin.
🔥

😄Muhokama uchun

😎 Bizni kuzatishda davom eting
  • 👍 2
  • 🎉 2
  • 👨‍💻 2
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #125 156

Forwarded from O'zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali

“Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovi loyihalari taqdimotlari yakunlandi

🔷“O‘zkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ixtirochilik va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovining ikki kunlik taqdimot jarayonlari yakunlandi.

🔷Ikki kun davomida tanlov ishtirokchilari o‘zlarining innovatsion loyiha va ishlanmalarini taqdim etib, ularning mazmun-mohiyati, yangiligi, dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berdilar.

Tanlovda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etdi.


🔷Taqdimotlar davomida energiya tejamkorligi, ekologik muammolarni hal etish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, import o‘rnini bosish, korxona xarajatlarini kamaytirish va qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan innovatsion loyihalar namoyish etildi.

🔷Ishtirokchilarning loyihalari muammoni hal etish darajasi, taqdimot sifati, taklif etilayotgan yechimning afzalliklari, shuningdek, iqtisodiy va ekologik samaradorligi kabi mezonlar asosida baholanadi.
————————————————————————
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram|Youtube
  • ❤‍🔥 3
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
Post #120 2.24K
#TKTI #IxtirochiAyol #Uzkimyosanoat
#TalabaQizlar
#Startap #Iqtidorlitalaba

🏆TOSHKENT KIMYO- TEXNOLOGIYA INSTITUTI TALABA-QIZLARI RESPUBLIKA BOSQICHIDA!

“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida Toshkent kimyo-texnologiya institutining institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar munosib ishtirok etdilar.

👏 Respublika bosqichida ishtirok etgan barcha talaba-qizlarimiz tanlovdagi munosib ishtiroki uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


🎉 Shuningdek, ikki nafar talaba-qizimiz Respublika bosqichida alohida natija qayd etdi!

🥉FAXRLI III - O‘RIN SOHIBASI
Abduraximova Baxmaloy Nuriddin qizi


🏅 “ENG YAXSHI KELAJAK MATERIALI” NOMINATSIYASI SOHIBASI
Abdujalilova Oysha Abdukamol qizi


👏 Talaba-qizlarning ushbu natijalari ularning ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va ixtirochilik salohiyati munosib e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

💐 Baxmaloy va Oyshani ushbu yutuqlari, barcha ishtirokchilarimizni esa munosib ishtiroki bilan samimiy muborakbod etamiz!

😄Muhokama uchun

😎 Bizni kuzatishda davom eting
  • 🔥 5
  • 🎉 4
  • 👏 3
  • ❤ 2
Older posts →

About this channel

How can I read @tkti_startap without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash have?
TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash (@tkti_startap) has 183 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →