“Ixtirochi ayol – 2026” tanlovining respublika bosqichida kimyo sanoati, ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan iqtidorli ayollar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tanlovning turli nominatsiyalari hamda faxrli o‘rinlari bo‘yicha quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
🥇 I o‘rin sohibasi “Navoiyazot” AJ xodimi Samadova Dilafruz.
🥈 II o‘rin sohibalari:
🔵 “Maxam-Chirchiq” AJ xodimi Abduxalikova Nazira;
🔵 “Ammofos-Maxam” AJ xodimi Bayzakova Lobar;
🥉 III o‘rin sohibalari:
🔵Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Abdurahimova Bahmaloy;
🔵 “Navoiyazot” AJ xodimlari Ro‘ziqulova Gulbahor va Rahimova Gulchehra.
🔵“Eng yaxshi eko innovatsiya” nominatsiyasi: “Ammofos-Maxam” AJ xodimi Ergasheva Dilnoza;
🔵“Eng yaxshi kelajak materiali” nominatsiyasi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Abdujalilova Oyisha;
🔵“Eng yaxshi tadqiqot ishi” nominatsiyasi: Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi Yusupxodjayeva Zulfiya.
G‘oliblar “O‘zkimyosanoat” AJning diplom, statuetka hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
✨ Barcha g‘olibalarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga yangi ixtirolar, ilmiy izlanishlar, ulkan yutuqlar va kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
————————————————————————
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram|Youtube