TGViewer
TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash @tkti_startap · 184 subscribers
Post #133 2K
#PresidentAIAward2026
#TuproqIQ
#startaper
#ilmiy_faoliyat

🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYMIZ!

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Startaplar klubi loyihasi — President AI Award 2026 tanlovining TOP 5 eng istiqbolli startaplari qatorida!

🚀 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Startaplar klubi tomonidan ilgari surilgan TuproqIQ innovatsion startap loyihasi President AI Award 2026 tanlovining dastlabki saralash hamda Offline Pitching bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro akseleratsiya dasturiga yo‘llanma oldi!

🏆 Bu natija qanday qo‘lga kiritildi?
✅ Tanlovga kelib tushgan dastlabki 655 ta ariza orasidan loyiha birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
✅ Keyingi bosqichda 220 dan ortiq startap o‘z loyihalarini xalqaro ekspertlar oldida taqdim etdi (Offline Pitching).
✅ Yakuniy saralash natijalariga ko‘ra, TuproqIQ reen Economy & Agrotech AI yo‘nalishida eng yaxshi 5 ta startap jamoasi qatoridan joy olib, achkolar hisobida
3-o'rinda intensiv akseleratsiya dasturining final bosqichiga qabul qilindi.


🌎 Xalqaro akseleratsiya dasturi dunyoning yetakchi innovatsion platformalaridan biri — Plug and Play tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastur davomida startap jamoalari xalqaro mentorlar bilan ishlash, mahsulotlarini takomillashtirish, biznes modellarini rivojlantirish hamda investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

💰 Tanlovning investitsiya mukofotlari: Tanlovda beshta yo'nalish bo'yicha (har bir yo'nalishdan 3 tadan) eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan 15 jamoa quyidagicha investetsiyalarni jalb qilish imkoniga ega bo'ladilar.
🥇 1-o‘rin — 100 000 AQSH dollari
🥈 2-o‘rin — 60 000 AQSH dollari
🥉 3-o‘rin — 40 000 AQSH dollari
Ushbu mablag‘lar tanlovning yakuniy g‘oliblariga startaplarini rivojlantirish uchun investitsiya sifatida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

👏 TuproqIQ jamoasini ushbu katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

Bu muvaffaqiyat institutimizda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalarini startap loyihalarga aylantirish hamda ularni xalqaro darajaga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

🤝 Jamoamizga akseleratsiya dasturining keyingi bosqichlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yuqori natijalar tilaymiz!

TuproqIQ jamoasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • 👍 5
  • 🤩 4
  • ⚡ 2
  • 👏 2
  • 🏆 2
  • 👨‍💻 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🎉 1
More from @tkti_startap
  1. Oct 15, 2026🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026/2027-o'quv yili uchun institutda tashkil et…
  2. Oct 12, 2026🎓 TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA PYTHON DASTURLASH KURSLARIGA YANGI QABUL! 🔈 IT…
  3. Oct 10, 2026#startaper Startap loyiha nomi: X-Health Muallif: Muhammad Sadiyev Startaplar klubi faol a…
  4. Oct 10, 2026✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga! 27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 in…
  5. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
  6. Oct 9, 2026🏆 “IXTIROCHI AYOL – 2026” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI! “Ixtirochi ayol – 2026” tanlovi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →