TGViewer
TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash @tkti_startap · 185 subscribers
Post #131 211
#startaper

Startap loyiha nomi: X-Health

Muallif: Muhammad Sadiyev Startaplar klubi faol a'zosi (Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi "Mexatronika va robototexnika" yo‘nalishi, 1-kurs talabasi)

1. Loyihaning asosiy maqsadi va muammo
Kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tiradigan talabalar, dasturchilar va aqliy mehnat egalari kun davomida jismoniy faollik yetishmasligidan aziyat chekadi. Katta mashg‘ulotlarga vaqt yoki xafsala yetmasligi sababli, loyiha kuniga 5–10 daqiqalik mikro-mashqlarni (sakrash, o‘tirib-turish) muntazam odatga aylantirishga yordam beradi.

2. Texnik yechim (Qanday ishlaydi?)
● Gadjetsiz tizim: Maxsus aqlli soat yoki brasletlar talab etilmaydi.
● Computer Vision (Kompyuter ko‘rish): Foydalanuvchi smartfon kamerasini
to‘g‘rilab qo‘yadi; tizim sun’iy intellekt orqali inson tanasining harakatini ko‘rib,
mashqlarning to‘g‘riligi va sonini real vaqt rejimida avtomatik hisoblaydi.
● Streak va vizual motivatsiya: Bajarilgan mashqlar va kunlik davomiylik maxsus
grafik interfeysda qayd etib boriladi.
● Duel rejimi: Kursdoshlar yoki do‘stlar bilan masofaviy qisqa bellashuv o‘tkazish
imkoniyati mavjud.

3. Hozirgi holati
Telegram platformasida ishlovchi interfeys (bot/Mini App) formatida ishga tushirilgan.
Dastlabki sinov bosqichida biznes auditoriyasida yoritilib, yuzlab foydalanuvchilar tomonidan amalda sinab ko‘rilmoqda.

🌐 Botdan foydalanish:
😄@x_healthbot

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🎉 3
  • 👏 2
  • 🔥 1
  • 🤔 1
More from @tkti_startap
  1. Oct 15, 2026#ilmiy_faoliyat #startaper 👍 Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Agrobiotexnologiyala…
  2. Oct 15, 2026🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026/2027-o'quv yili uchun institutda tashkil et…
  3. Oct 13, 2026#PresidentAIAward2026 #TuproqIQ #startaper #ilmiy_faoliyat 🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYM…
  4. Oct 12, 2026🎓 TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA PYTHON DASTURLASH KURSLARIGA YANGI QABUL! 🔈 IT…
  5. Oct 10, 2026✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga! 27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 in…
  6. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →