#ilmiy_faoliyat
#startaper
👍 Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy kadrlar tayyorlash va tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Kamolov, Startaplarni rivojlantirish va ekotizimni joriy etish bo‘limi boshlig‘i Jaloliddin Eshbobayev hamda mazkur bo‘lim startap menejeri Fikret Iksanov Sirdaryo viloyatidagi Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut direktori Habibjon Qo‘shiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tashrif davomida institut direktori Habibjon Qo‘shiyev hamda soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligida tuproq tahlili bilan bog‘liq mavjud muammolar, laboratoriya tekshiruvlari jarayoni va ularning fermerlar uchun qulayligi o‘rganildi.
✅ Uchrashuv davomida institutlar o'rtasida ilmiy loyihalar va startaplarni rivojlantirish hamda hamkorlikda tajriba-sinov ishlarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🌱 Asosiy maqsad ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qishloq xo'jaligi va agrobiotexnologiyalar sohasidagi startaplarni ko'paytirish va rivojlantirishdan iborat.
✅ Muhokama uchun
✅ Bizni kuzatishda davom eting
Post #140
132









- 👍 3
- 👏 3
- 🔥 2
- ❤ 1