🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026/2027-o'quv yili uchun institutda tashkil etilgan "Atoqli olimlar" hamda "Ibroyim Yusupov nomidagi" stipendiyalarga hujjatlar qabul qilinayotganini e'lon qilamiz!
Tanlov quyidagi nufuzli stipendiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅ Akademik Xusniddin Rustamov nomidagi
✅ Akademik To‘lqin Mirkomilov nomidagi
✅ Akademik Anna Glushenkova nomidagi
✅ Akademik Karim Ahmedov nomidagi
✅ Akademik Zokirjon Salimov nomidagi
✅ Xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi
📝 Qatnashish uchun umumiy talablar:
✔️Kunduzgi bakalavriat talabasi boʻlgan (2-, 3- va 4-bosqich talabalari);
✔️Avvalgi semestrlardan akademik qarzi bo‘lmagan va o‘qish davomidagi barcha baholari faqat a’lo bo‘lgan.
💡 Muhim eslatma: Ko‘pchilik talabalarimizning murojaatlarini inobatga olib va ularga imkoniyat yaratish maqsadida, mazkur tanlovda chet tili sertifikati majburiy talab sifatida istisno qilinadi. Ya’ni, qo‘lida sertifikati yo‘q iqtidorli talabalarimiz ham quyidagi qo‘shimcha yutuqlarga ega bo‘lgan holda o‘z hujjatlarini topshirishlari mumkin!
🏆 Talabgor quyidagi talablardan kamida bittasiga javob berishi lozim:
✅ Respublika yoki xalqaro ilmiy jurnalda maqola;
✅ Grantga loyiq innovatsion ishlanma;
✅ Intellektual mulk yoki startap loyihasidagi ishtirok;
✅ Respublika yoki xalqaro olimpiada, tanlov yoki sport musobaqasidagi ishtirok / sovrinli natija.
📄 Topshiriladigan hujjatlar:
1️⃣ Ariza
2️⃣ Pasport nusxasi
3️⃣ Transkript (faqat a'lo baholarga)
4️⃣ Yutuqlar ro‘yxati va tasdiqlovchi hujjatlar
5️⃣ Chet tili sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
6️⃣ Kafedra va fakultet bayonnomasidan koʻchirma
📁 Hujjatlar jild yoki papkaga joylangan holda topshiriladi.
📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati:
Hujjatlar joriy yilning 16-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi. (shu kun ham)
📞 Murojaat uchun:
😎 @M_Mavlonovga
📞 +998 95 630 80 02
✅ Bizni kuzatishda davom eting
Post #139
343

- 🔥 1
- 👏 1
- 🎉 1
- 😨 1