TGViewer
TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash @tkti_startap · 185 subscribers
Post #125 160

Forwarded from O'zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali

“Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovi loyihalari taqdimotlari yakunlandi

🔷“O‘zkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ixtirochilik va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovining ikki kunlik taqdimot jarayonlari yakunlandi.

🔷Ikki kun davomida tanlov ishtirokchilari o‘zlarining innovatsion loyiha va ishlanmalarini taqdim etib, ularning mazmun-mohiyati, yangiligi, dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berdilar.

Tanlovda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etdi.


🔷Taqdimotlar davomida energiya tejamkorligi, ekologik muammolarni hal etish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, import o‘rnini bosish, korxona xarajatlarini kamaytirish va qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan innovatsion loyihalar namoyish etildi.

🔷Ishtirokchilarning loyihalari muammoni hal etish darajasi, taqdimot sifati, taklif etilayotgan yechimning afzalliklari, shuningdek, iqtisodiy va ekologik samaradorligi kabi mezonlar asosida baholanadi.
————————————————————————
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram|Youtube
  • ❤‍🔥 3
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
More from @tkti_startap
  1. Oct 15, 2026#ilmiy_faoliyat #startaper 👍 Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Agrobiotexnologiyala…
  2. Oct 15, 2026🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026/2027-o'quv yili uchun institutda tashkil et…
  3. Oct 13, 2026#PresidentAIAward2026 #TuproqIQ #startaper #ilmiy_faoliyat 🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYM…
  4. Oct 12, 2026🎓 TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA PYTHON DASTURLASH KURSLARIGA YANGI QABUL! 🔈 IT…
  5. Oct 10, 2026#startaper Startap loyiha nomi: X-Health Muallif: Muhammad Sadiyev Startaplar klubi faol a…
  6. Oct 10, 2026✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga! 27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 in…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →