TGViewer
Channel Public Channel
TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash

TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash

@tkti_startap

🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti

🏆 Talabalar yutuqlari
🚀 Startap va innovatsion loyihalar
🔬 Ilmiy-tadqiqot faoliyati
💡 Tanlovlar, grantlar va yangi imkoniyatlar

Har bir talabada — iqtidor bor

@TKTI_Startaps_bot

Murojaat uchun: @M_Mavlonovga
Subscribers
189
Photos
115
Videos
13
Links
44

Showing posts older than #120 · Back to latest

Older Posts 11 shown
Post #104 94

Forwarded from TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar

#ilmiy_faoliyat
#OAV_biz_haqimizda

🖥 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Organik sintez texnologiyasi kafedrasi tayanch doktoranti Dilnozaxon Tursunovaning ilmiy faoliyati O'zbekiston 24 telekanalining O'zbekiston vaqti bilan ko'rsatuvi nigohida.

Batafsil videoda

🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook
  • 👍 5
  • 👏 4
  • ❤ 2
  • 🤩 2
Post #103 87

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#InnoWeek_2026

Ilmiy nashr sifati va akademik halollik: xalqaro tajriba bir maydonda


InnoWeek–2026 doirasida “Ilmiy nashriyot madaniyati va akademik halollik” mavzusida forum bo‘lib o‘tadi.

Forumda:
🔘 akademik halollik va ilmiy nashriyot etikasi;
🔘 plagiat, “maqola fabrikalari” va soxta jurnallarga qarshi kurash;
🔘 ilmiy faoliyatni mas’uliyatli baholash;
🔘 sun’iy intellektdan ilmiy faoliyatda foydalanishning akademik va axloqiy jihatlari;
🔘 Open Access va xalqaro nashriyot imkoniyatlari muhokama qilinadi.


✅ Tadbirda DORA, Taylor & Francis va MDPI vakillari ishtirok etib, xalqaro nashriyot amaliyoti va ilmiy tadqiqotlarni baholash bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Forum professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar uchun ochiq.

🗓 27-oktabr | CAEx | Alpha Hall

➡️ Ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 👏 2
  • 🎉 1
Post #102 105

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#tanishing_startap

Startaplar uchun yangi imkoniyatlar — yangi marralar!


Bugun mamlakatimizda startapchilar safi tobora kengayib, yangi g‘oyalar amaliy loyihalarga aylanmoqda. “Lumi” ham shunday istiqbolli loyihalardan biri. Unga 80 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilingan.

Joriy yilning 11-fevral kuni qabul qilingan PQ-59-son Prezident qarori O‘zbekistonda startap ekotizimi yanada rivojlanishiga yangi turtki berdi. Yaratilayotgan imkoniyatlar yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni rivojlantirish va ularga investitsiya jalb etish uchun keng yo‘l ochmoqda.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #101 88

Forwarded from TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash

#startaper

🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026/2027-o'quv yili uchun institutda tashkil etilgan "Atoqli olimlar" hamda "Ibroyim Yusupov nomidagi" stipendiyalarga tanlov boshlanganini e'lon qilamiz!

Tanlov quyidagi stipendiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

✅ Akademik Xusniddin Rustamov nomidagi
✅ Akademik To‘lqin Mirkomilov nomidagi
✅ Akademik Anna Glushenkova nomidagi
✅ Akademik Karim Ahmedov nomidagi
✅ Akademik Zokirjon Salimov nomidagi
✅ Xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi

Qatnashish uchun:
- kunduzgi bakalavriat talabasi boʻlgan (2-3-4-bosqich talabalari)
- avvalgi semestrlardan akademik qarzi bo‘lmagan
- kamida B1 darajadagi chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan talabalar.

🏆 Talabgor quyidagi talablardan kamida bittasiga javob berishi lozim:

✅ respublika yoki xalqaro ilmiy jurnalda maqola;
✅ grantga loyiq innovatsion ishlanma;
✅ intellektual mulk yoki startap loyihasidagi ishtirok;
✅ respublika yoki xalqaro olimpiada, tanlov yoki sport musobaqasidagi ishtirok/sovrinli natija.

📄 Topshiriladigan hujjatlar:

1️⃣ Ariza
2️⃣ Pasport nusxasi
3️⃣ Transkript
4️⃣ Yutuqlar ro‘yxati va tasdiqlovchi hujjatlar
5️⃣ Chet tili sertifikati nusxasi
6️⃣ Kafedra va fakultet bayonnomasidan koʻchirma

📌 Hujjatlar jild yoki papkaga joylangan holda topshiriladi.

📅 Tanlov bosqichlari:

1-bosqich — fakultet saralashi:
1–15-oktabr
2-bosqich — institut saralashi:
15–20-oktabr

📞 Murojaat uchun: 
Telegram: @M_Mavlonovga 
Tel: +998 95 630 80 02

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • 🔥 2
  • 🎉 2
  • 👏 1
Post #99 86

Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal

#Tayinlov

✅ Eshbobayev Jaloliddin Abdurazzaqovich Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining tegishli buyrug'iga muvofiq Startaplarni rivojlantirish va ekotizimni joriy etish bo‘limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasining v.b. dotsenti sifatida faoliyat yuritgan.

👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
  • 👍 7
  • 👏 4
  • 🎉 4
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
Post #98 119

Forwarded from Edu.uz

❗️DIQQAT, E’LON!

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi


Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi.

🔰 2026/2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🗓 Test sinovlari sanasi: 2026-yil 10-oktyabr.

📚 Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
– O‘zbekiston tarixi;
– Axborot texnologiyalari;
– Xorijiy tillar.

⏰ Muhim! Talabgorlar 10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim.

📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar: ⤵️

Qoraqalpog‘iston
Andijon
Namangan
Farg‘ona
Buxoro
Xorazm
Surxondaryo
Qashqadaryo
Jizzax
Navoiy
Samarqand
Sirdaryo
Toshkent viloyati
Toshkent shahri

Manzillar bo‘yicha yanayam batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/228181

Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 4
  • 👍 4
  • 🎉 1
Post #97 2.92K
#startaper
#ilmiy_faoliyat

👩‍🎓 TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI TALABALARI UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!

💡 “ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRISH DAVOM ETMOQDA!

🏆 TANLOVNING MUKOFOT JAMG‘ARMASI

✅ 1-bosqich — Institut bosqichi

🥇 1-o‘rin — 50 million so‘m 
🥈 2-o‘rin — 30 million so‘m 
🥉 3-o‘rin — 20 million so‘m 

💰 Umumiy grant miqdori — 100 million so‘m!

✅ 2-bosqich — Respublika bosqichi

🥇 1-o‘rin — 500 million so‘m 
🥈 2-o‘rin — 300 million so‘m 
🥉 3-o‘rin — 200 million so‘m 

🌎 Respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan inkubatsiya, akseleratsiya va stajirovka dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

⬇️ TANLOV YO‘NALISHLARI

✔️ Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt 
✔️ Moliyaviy texnologiyalar 
✔️ Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari 
✔️ Kiberxavfsizlik 
✔️ Sog‘liqni saqlash 
✔️ Farmatsevtika 
✔️ Mudofaa va xavfsizlik 
✔️ Energiya tejamkorligi 
✔️ Suv xo‘jaligi texnologiyalari 
✔️ Ta’lim va ilm-fan 

👥 KIMLAR ISHTIROK ETA OLADI?

⚡️ Tanlovda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar qatnashishi mumkin.

📌 “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovining birinchi bosqichi shartlari.

📌 “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovining birinchi bosqichiga va talabgorlar tomonidan saralash komissiyasiga taqdim etiladigan
hujjatlar ROʻYXATI:

1. “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovini tanlovining birinchi bosqichida ishtirok etish uchun ariza;
2. Innovatsion g‘oya maʼlumotnomasi;
3. Xarajatlar smetasi;
4. Taqdimot prezentatsiyasi.
Yuqorida belgilangan hujjatlarning namunaviy shakllarini
yuklab olish.

Namunada keltirilgan hujjatlarni 10-oktabrga qadar "Startaplarni rivojlantirish va ekotizimni joriy etish" boʻlimiga topshirish soʻraladi!

⬇️Murojaat uchun:
💬 Telegram: @M_Mavlonovga 
📞 Tel: (95)6308002

📊 G‘OYALARNI BAHOLASH MEZONLARI

🔺 Ilmiy va innovatsion yangiligi — 20 ball 
🔺 G‘oyaning dolzarbligi — 20 ball 
🔺 Mavjud analoglardan farqli jihatlari — 20 ball 
🔺 Xarajatlar smetasining asoslanganligi — 20 ball 
🔺 Kutilayotgan natijalar — 20 ball 
❗️Jami — 100 ball.

📝 RO‘YXATDAN O‘TISH:

✨ Innovatsion g‘oyangizni imkoniyatga aylantiring, tanlovda ishtirok eting va yirik grant sohibi bo‘lish sari ilk qadamni tashlang!

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • ❤ 5
  • 🔥 4
  • 🤩 4
  • 👍 3
Post #96 237
#startaper
#ilmiy_faoliyat

💡 “Ixtirochi ayol” — innovatsion g‘oyalar sari dadil qadam!

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil etilayotgan “Ixtirochi ayol” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talaba-qizlarning innovatsion g‘oyalari, ixtirolari va startap loyihalari namoyish etildi.

Institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

👍 Tanlov jarayonlari va eng yorqin lahzalar — videorolikda!

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 🤩 2
  • 🙏 2
  • ❤ 1
Post #95 225
Ustoz va murabbiylar kuni muborak!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Startaplarni rivojlantirish va ekotizimni joriy etish bo‘limi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Ustoz — yosh avlodga nafaqat bilim va ta’lim beruvchi, balki ularning ilmiy tafakkuri, ijodiy salohiyati va innovatsion g‘oyalarini shakllantirishga yo‘l ko‘rsatuvchi fidoyi insondir.

Bugungi kunda institutimiz professor-o‘qituvchilarining ilmiy izlanishlari, yangi g‘oya va ishlanmalari, innovatsion loyihalari hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati ilm-fan, innovatsiya va startap ekotizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yangi yutuqlar, ijodiy va innovatsion g‘oyalaringizning ro‘yobini hamda shogirdlaringizning yutuqlari va kamolini ko‘rib yurish baxtini tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 🔥 3
Post #85 2.17K
#startaper
#ilmiy_faoliyat

💡 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Ixtirochi ayol” tanlovining institut bosqichi yakunlandi

“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil etilayotgan “Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovining Toshkent kimyo-texnologiya instituti bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning institut bosqichida fakultetlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan saralangan ishlanmalar komissiya tomonidan baholab chiqildi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarining yangiligi va dolzarbligi, muammoni hal etish imkoniyati, tanlangan texnologik yechimning afzalligi, iqtisodiy va ekologik samaradorligi bo‘yicha taqdimot qildilar.

🏆 Tanlovning institut bosqichi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin — Abduraximova Baxmaloy Nuriddin qizi
🥈 2-o‘rin — Islomova Jasmina Azizjon qizi
🥈 2-o‘rin — Rahmonova Shahzoda Sobir qizi
🥉 3-o‘rin — Abdujalilova Oysha Abdukamol qizi
🥉 3-o‘rin — Erkayeva Zuhra Dilshod qizi

Institut bosqichida yuqori natija qayd etgan g‘oliblar “Ixtirochi ayol” tanlovining keyingi bosqichida Toshkent kimyo-texnologiya instituti nomidan ishtirok etish uchun “O‘zkimyosanoat” AJga tavsiya etiladi.

Talaba-qizlarimizning ilmiy-innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi g‘oya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish hamda startap loyihalarini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Yosh olima va ixtirochi qizlarimizning ilmiy g‘oyalari yangi ishlanmalar, startaplar va amaliy loyihalarga aylanishiga tilakdoshmiz!

✅ Muhokama uchun

✅ Bizni kuzatishda davom eting
  • ❤ 3
  • ⚡ 3
  • 👍 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🔥 2
Post #81 101

Forwarded from TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar

#ilmiy_faoliyat
#KelajakMuhandislari

😅 “Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun Toshkent shahridagi “INNO Technopark”da “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti “Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi doktoranti Farrux Erkinov tanlovning “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan Prezident sovg‘asi — BYD Chazor avtomobili tantanali ravishda topshirildi.

👏 Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Farrux Erkinovni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Yosh olimning kelgusidagi ilmiy-innovatsion faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook
  • ❤ 5
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 🎉 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →