#startaper
#ilmiy_faoliyat
👩🎓 TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI TALABALARI UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!
💡 “ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRISH DAVOM ETMOQDA!
🏆 TANLOVNING MUKOFOT JAMG‘ARMASI
✅ 1-bosqich — Institut bosqichi
🥇 1-o‘rin — 50 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 30 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 20 million so‘m
💰 Umumiy grant miqdori — 100 million so‘m!
✅ 2-bosqich — Respublika bosqichi
🥇 1-o‘rin — 500 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 300 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 200 million so‘m
🌎 Respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan inkubatsiya, akseleratsiya va stajirovka dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⬇️ TANLOV YO‘NALISHLARI
✔️ Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
✔️ Moliyaviy texnologiyalar
✔️ Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari
✔️ Kiberxavfsizlik
✔️ Sog‘liqni saqlash
✔️ Farmatsevtika
✔️ Mudofaa va xavfsizlik
✔️ Energiya tejamkorligi
✔️ Suv xo‘jaligi texnologiyalari
✔️ Ta’lim va ilm-fan
👥 KIMLAR ISHTIROK ETA OLADI?
⚡️ Tanlovda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar qatnashishi mumkin.
📌 “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovining birinchi bosqichi shartlari.
📌 “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovining birinchi bosqichiga va talabgorlar tomonidan saralash komissiyasiga taqdim etiladigan
hujjatlar ROʻYXATI:
1. “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovini tanlovining birinchi bosqichida ishtirok etish uchun ariza;
2. Innovatsion g‘oya maʼlumotnomasi;
3. Xarajatlar smetasi;
4. Taqdimot prezentatsiyasi.
Yuqorida belgilangan hujjatlarning namunaviy shakllarini yuklab olish.
Namunada keltirilgan hujjatlarni 10-oktabrga qadar "Startaplarni rivojlantirish va ekotizimni joriy etish" boʻlimiga topshirish soʻraladi!
⬇️Murojaat uchun:
💬 Telegram: @M_Mavlonovga
📞 Tel: (95)6308002
📊 G‘OYALARNI BAHOLASH MEZONLARI
🔺 Ilmiy va innovatsion yangiligi — 20 ball
🔺 G‘oyaning dolzarbligi — 20 ball
🔺 Mavjud analoglardan farqli jihatlari — 20 ball
🔺 Xarajatlar smetasining asoslanganligi — 20 ball
🔺 Kutilayotgan natijalar — 20 ball
❗️Jami — 100 ball.
📝 RO‘YXATDAN O‘TISH:
✨ Innovatsion g‘oyangizni imkoniyatga aylantiring, tanlovda ishtirok eting va yirik grant sohibi bo‘lish sari ilk qadamni tashlang!
✅ Muhokama uchun
✅ Bizni kuzatishda davom eting
Post #97
2.93K

- ❤ 5
- 🔥 4
- 🤩 4
- 👍 3