#startaper
#ilmiy_faoliyat
💡 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Ixtirochi ayol” tanlovining institut bosqichi yakunlandi
“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil etilayotgan “Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovining Toshkent kimyo-texnologiya instituti bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning institut bosqichida fakultetlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan saralangan ishlanmalar komissiya tomonidan baholab chiqildi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarining yangiligi va dolzarbligi, muammoni hal etish imkoniyati, tanlangan texnologik yechimning afzalligi, iqtisodiy va ekologik samaradorligi bo‘yicha taqdimot qildilar.
🏆 Tanlovning institut bosqichi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin — Abduraximova Baxmaloy Nuriddin qizi
🥈 2-o‘rin — Islomova Jasmina Azizjon qizi
🥈 2-o‘rin — Rahmonova Shahzoda Sobir qizi
🥉 3-o‘rin — Abdujalilova Oysha Abdukamol qizi
🥉 3-o‘rin — Erkayeva Zuhra Dilshod qizi
Institut bosqichida yuqori natija qayd etgan g‘oliblar “Ixtirochi ayol” tanlovining keyingi bosqichida Toshkent kimyo-texnologiya instituti nomidan ishtirok etish uchun “O‘zkimyosanoat” AJga tavsiya etiladi.
Talaba-qizlarimizning ilmiy-innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi g‘oya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish hamda startap loyihalarini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Yosh olima va ixtirochi qizlarimizning ilmiy g‘oyalari yangi ishlanmalar, startaplar va amaliy loyihalarga aylanishiga tilakdoshmiz!
✅ Muhokama uchun
✅ Bizni kuzatishda davom eting
Post #85
2.17K










- ❤ 3
- ⚡ 3
- 👍 3
- ❤🔥 2
- 🔥 2