TGViewer
TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash @tkti_startap · 185 subscribers
Post #127 109

Forwarded from Rustam Karimjonov

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!


🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

❤ https://t.me/rkarimjonov
  • ⚡ 3
  • ❤ 2
  • 🏆 2
  • 👀 2
  • 🐳 1
  • 😇 1
More from @tkti_startap
  1. Oct 15, 2026🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026/2027-o'quv yili uchun institutda tashkil et…
  2. Oct 13, 2026#PresidentAIAward2026 #TuproqIQ #startaper #ilmiy_faoliyat 🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYM…
  3. Oct 12, 2026🎓 TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA PYTHON DASTURLASH KURSLARIGA YANGI QABUL! 🔈 IT…
  4. Oct 10, 2026#startaper Startap loyiha nomi: X-Health Muallif: Muhammad Sadiyev Startaplar klubi faol a…
  5. Oct 10, 2026✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga! 27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 in…
  6. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →