TGViewer
Channel Public Channel
Lazizbek Ergashev | IT Blog

Lazizbek Ergashev | IT Blog

@lazerg

Simple Software Developer from Bukhara
Subscribers
568
Photos
270
Videos
108
Links
166
Recent Posts 20 shown
Post #867 202
Dasturlashni 2016-yilda, 14 yoshimda boshladim.

16 yoshimda frilanser bo'lib ishlay boshladim, chunki u yoshdagi bolani hech kim ishga olmasdi, o'shanda O'zbekistonda dasturlash hozirgidek mashhur ham emasdi. Shuning uchun yoshimni 20-22 deb yozib, xorijiy frilans platformalarda ish topdim. Ishlarim shunchalik yaxshi ketdiki, freelancehunt.com saytida O'zbekistondan #1 dasturchi bo'ldim.

Hozir frilansni to'xtatdim, chunki u yerni AI botlar bosib ketdi. 9-5 ishlaydigan oddiy ishga o'tdim. Nolimayman: ish barqaror, kelajakni rejalashtirsa bo'ladi.

Bilaman, ko'pchiligingiz kanalga boshida yozgan frilans maslahatlarim uchun qo'shilgansiz. Lekin hozir bunaqa maslahatlar yozishda ma'no ko'rmayapman. Hech kim maslahat so'ramaydi, o'zim ham bu yo'nalishda rivojlanishni to'xtatdim, chunki endi siz ham, men ham AIdan so'raymiz.

Bu AI degan narsa qayerga olib borishini bilmayman, lekin maslahatim: moslashuvchan bo'ling va o'zgarishlarga har qachongidan ham ochiq bo'ling. AIdan ko'p foydalanaman, lekin unga shubha bilan qarayman. U insoniyatni yaxshiroq kelajakka olib boradi deb o'ylamayman. U faqat korporatsiyalarning foydasini oshiradi, xolos deb o'ylayman.

Part [2/2]

🧠 @lazerg
  • 👍 22
Post #866 194
Bugun 25 yoshga to'ldim. Chorak asr degani bu, shuning uchun shu paytgacha nimalarga ulgurganimni yozib qo'ymoqchiman.

22 yoshda uylandim, hozir qizimiz bor. Kichik oilamiz bilan deyarli 10 ta davlatni ko'rdik. 🇮🇩 Indoneziyada oddiy baliqchilarning uyida yashashdan boshlab to dunyodagi eng rivojlangan davlat 🇸🇬 Singapurni ham ko'rdik. O'tgan yili bolalikdagi orzuimni amalga oshirib, digital nomad bo'ldim. Lekin o'ylaganimdek qiziq emas ekan, shuning uchun 4-5 oydan keyin O'zbekistonga qaytib keldik.

Ha, plyajda bir qo'limda noutbuk, bir qo'limda kokos bilan ishladim. Lekin bu internetda ko'rsatilgandek emas, ko'pi feyk. Aslida juda noqulay. Tashqarida noutbuk qizib ketadi, batareya tez o'tiradi. Quyoshda esa yorqinlikni oxirigacha qo'ysangiz ham ekranda hech narsa ko'rinmaydi. Va hokazo.

To'rt tilda gaplashaman: 🇹🇯 tojik, 🇺🇿 o'zbek, 🇷🇺 rus va 🇬🇧 ingliz. Bu juda complex: Buxoroda tojikcha gaplashamiz, maktabda, litseyda o'zbekcha o'qiganman, ishda esa rus va ingliz tilida ishlayman. Xullas, universalman ~

TATUda o'qidim. O'sha kunlar hayotimdagi eng yomon kunlardan edi, lekin muhim qadam ham bo'ldi. Hozir qandayligini bilmayman, lekin men o'qigan paytda tizim juda kringe edi: o'qishingdan ko'ra kiyimingga ko'proq qarashardi. Dekanning gapi hali ham esimda: "Qanchalik aqlli bo'lishingning farqi yo'q. Kostyum bryuk kiymasang, O'zbekiston uchun bir tiyin odamsan." 🤡

Ishim sharofati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, vazir Sherzod Shermatov va boshqa ajoyib insonlar bilan uchrashganman.

Part [1/2]

🧠 @lazerg
  • 👍 13
Post #865 270
Kanal muallifini 24 yoshida yo‘qotdik. 😔😔

Barcha ma’lumotlar izohlarda.
  • 😁 9
Post #863 295
Lazizbek Ergashev | IT Blog Adobe’ning barcha dasturlarini vibecode qilib tashlab, open source qilib qo‘yishibdi: https://getartcraft.com/apps 🥀 adobe 💔 🧠 @lazerg
Korporatsiyalar AI'ni ishlatib bizni yo'qotmoqchi edi, qasos uchun biz AI'ni ishlatib o'zlarini yo'qotamiz.

😏

🧠 @lazerg
  • 😁 22
Post #862 516
Post #859 770
Lazizbek Ergashev | IT Blog 💡 O‘z millating va tarixing bilan maqtanish xuddi chorshanba kuni tug‘ilganing bilan maqtanishga o‘xshaydi: ikkalasiga ham tasodifan erishgansan. #stopMillatchilik 🧠 @lazerg
@khamroev gapim xato ekanini izohlarda isbotlab qo‘ydilar. Kalta o'ylab yozganim uchun uzr... 😭

🧠 @lazerg
  • 😁 12
Post #858 750
💡 O‘z millating va tarixing bilan maqtanish xuddi chorshanba kuni tug‘ilganing bilan maqtanishga o‘xshaydi: ikkalasiga ham tasodifan erishgansan.

#stopMillatchilik

🧠 @lazerg
  • 👍 16
Post #857 652
ℹ️ Do not judge people by their clothes when you know nothing about their choices.

🧠 @lazerg
  • 👍 11
Post #856 581
Biror narsada tanilib qolsangiz, vaqt o'tgani sayin o'sha sohada yanada kuchayib borasiz.

Dasturchi "X bilan shug'ullanadigan odam" sifatida tanilib qolsa, unga X bo'yicha loyihalar taklif qilina boshlaydi, X mavzusidagi konferensiya va meetuplarga chaqiriladi, X ga qiziquvchi yosh dasturchilar bilan tanishtiriladi, X bo'yicha kod review so'rashadi va X bo'yicha hamkorlik takliflari kela boshlaydi.

Reputatsiya imkoniyatlarni aynan sizga yo'naltiradi. Shu tariqa, asta-sekin siz X sohasida haqiqatan ham nodir darajada chuqur tajriba to'playsiz.

Tajriba reputatsiya yaratadi. Ammo reputatsiya ham ba'zida tajriba yaratadi.

🧠 @lazerg
  • 👍 10
Post #855 489
Solving a Rubik's Cube with graph theory.

🧠 @lazerg
Post #854 670
Lazizbek Ergashev | IT Blog Assalomu Alaykum! Hozirda faol tarzda ish qidiryapman... Ushbu postga layk va comment (`cfbr`) qo'ysangiz xursand bo'lardim https://www.linkedin.com/posts/lazerg_opentowork-share-7492892898481295360-jakb
Btw, I joined dmed.uz as Backend Engineer...

🧠 @lazerg
  • 👍 28
  • 😁 2
Post #853 937
Xuddi shunday, aka. AI open source narsalardan foydalanib, ishni qoyillatib qo‘yadiku, to‘g‘rimi?

Masalan, Node.js misolida tushuntiray, chunki buni ko‘proq odam biladi. AI’ga “backend qilib ber” desangiz, nima qiladi? Open source narsalarni ishlatib qiladi. Masalan, backendni NestJS’da yozadi (u ham open source), database sifatida PostgreSQL’dan foydalanadi (u ham open source), keyin Prisma ORM’ni qo‘shadi (u ham open source) va oxirida response qaytaradi.

Keyin hammasini Docker’ga joylaydi (u ham open source), Ubuntu serverga deploy qiladi (u ham open source) va bo‘ldi. “Ana, AI backend qildi”, deb o‘ylaysiz. Aslida esa AI shunchaki open source loyihalarning documentation’larini o‘qib, ularni bir-biriga ulab berdi.

Lekin biroz low-level’ga tushsak-chi? PostgreSQL ichkarida qanday ishlaydi? Nega request ko‘p vaqt olyapti? Men, masalan, oyiga 10 million odam ishlatadigan app’ning backendini shunchaki vibe coding qilib qurib bo‘lishiga umuman tasavvur qilolmayman.

Chunki PostgreSQL’da qaysi column uchun qanday data structure’li index ishlatish kerakligini bilmasangiz, 10 mln user uchun tez resposne qaytaradigan backend tuzolmaysiz. Yoki cachinglarni chuqur bilmasangiz. Prosta "cache the backend" emas, qanday qilsa optimizatsiyalandi..

Vibecoderlar va chala dasturchilar odatda shitty startupcha narsalar qilishadi, uni o‘zidan va do‘stlaridan boshqa hech kim ishlatmaydi. Keyin esa: “Ana, AI qildi, demak dasturlashni bilish shart emas”, deyishadi.

Lekin scalability-chi? Dasturingiz 1 million userga chiqqanda ham ishlaydimi? (agar chiqsa albatta)
  • 👍 8
Post #852 597
Lazizbek Ergashev | IT Blog Kuzatganimcha, vibe coderlar va chala dasturchilar o‘ynayotgan shitty startupcha-startupcha o‘yinidan foyda qilayotganlar faqat AI modellar (OpenAI, Anthropic…) va infrastructure (domen, server, Vercel, Supabase…) sotayotganlar. 🧠 @lazerg
Menga eng alam qilayotgani o‘zim hurmat qilgan dasturchilarni ko‘rsam, avvallari ular juda qiziqarli videolar va dasturlash bo‘yicha foydali darslar qilishardi. Hozir esa qarasam, deyarli hammasi faqat AI haqida gapiryapti. Qaysi model kuchli, Astra zo‘rmi, Fable zo‘rmi va hokazo. Yana bittasi chiqib: “Mana, endi kompyuterga o‘tirishim ham shart emas, telefondan turib kod yozaman”, deb maqtanadi.

Dasturlashni chuqur o‘rgatadigan odamlar qolmayotgandek. Hamma AI bo‘yicha nimanidir o‘rgatyapti. Kodni coding agentlar yozib berayotgani bilan dasturlashni chuqur tushunish endi kerak emas bo‘lib qolmadiku. Aksincha bu hozirgi AI world da juda muhim.

Bunga oddiy misol sifatida Владилен Минин (https://www.youtube.com/@VladilenMinin) ni keltirishim mumkin. JavaScript va Vue.js’ni aynan shu kishidan o‘rganganman. U kishining kurslari shunchaki “.map nima?”, “.filter nima?” degan darajada emasdi. JavaScript ichkarida qanday ishlashi, Promise’lar nega asinxron ishlayotgandek ko‘rinishi, aslida qanday ishlashi va buni qanday isbotlash mumkinligi kabi narsalarni chuqur tushuntirardi.

Hozir esa kanalini ko‘rsam, asosan “AI agentim buni qiladi”, “AI agentim uni qiladi” degan mavzular. U kishini ham tushunsa bo‘ladi, albatta. Bozordagi talabga qarab moslashishadi. Dasturlash haqida chuqur kurs chiqarishsa, ehtimol prosmotr kamroq bo‘lardi.

Lekin baribir dasturlashni chuqur o‘rgatadigan kontent juda kamayib ketayotgandek tuyuladi. Ehh, bilmadim...

🧠 @lazerg
  • 👍 7
Post #851 467
Kuzatganimcha, vibe coderlar va chala dasturchilar o‘ynayotgan shitty startupcha-startupcha o‘yinidan foyda qilayotganlar faqat AI modellar (OpenAI, Anthropic…) va infrastructure (domen, server, Vercel, Supabase…) sotayotganlar.

🧠 @lazerg
  • 👍 9
  • 😁 1
Post #850 511
Being always available when your boss writes you is not normal.
Even an API has rate limits.

🧠 @lazerg
  • 😁 18
  • 👍 1
Post #846 711

Forwarded from Adizbek Ergashev's blog

Biz MustaqiLLM’ni yaratdik!

Bugun biz uchun muhim kun, o‘zbek tili uchun noldan yaratilgan Katta Til Modelini taqdim etdik.

Bu mavjud xorijiy modelning oddiy fine-tune qilingan versiyasi emas.
Biz modelni noldan yaratdik va o‘qitdik.

Model:

→ 5 milliard parametr
→ 40 milliard tokenlik ko‘p tilli dataset
→ 48 ming tokenli BPE tokenizer
→ O‘zbek tiliga maxsus moslashtirilgan
→ Grouped-Query Attention
→ QK-Normalization
→ Uzun kontekst bilan ishlashga tayyor arxitektura

Nega mustaqil LLM muhim?

AI bugungi raqamli infratuzilmaning muhim qismiga aylanmoqda. Shuning uchun o‘z tilimiz va ma’lumotlarimiz bilan ishlaydigan, texnologik jihatdan o‘zimiz nazorat qila oladigan modellarni yaratish strategik ahamiyatga ega.

Bu nafaqat o‘zbek tilining AI’dagi rivoji, balki lokal AI ekotizimi, ma’lumotlar xavfsizligi va kelajakdagi AI texnologiyalariga mustaqil hissa qo‘shish uchun ham muhim.

MustaqilLLM hali yakuniy manzil emas. Uning bilim, fikrlashi va umumiy til qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda davom etamiz.

Ammo bu o‘zbek tilidagi mustaqil AI’ni yaratish yo‘lidagi muhim boshlanish.

© NeuronAI Jamoasi


Model vaznlari huggingface platformasida joylashtirildi: https://huggingface.co/NeuronUz/MustaqiLLM

@adizbek_ergashev
huggingface.co NeuronUz/MustaqiLLM · Hugging Face We’re on a journey to advance and democratize artificial intelligence through open source and open science.
  • 👍 13
Post #845 809
🪔 Elektr shunaqa darajada oddiy narsa bo‘lib ketdiki, faqat puli yo‘qlar sham ishlatadi.

AI shunaqa darajada oddiy narsa bo‘lib ketadiki, faqat puli yo‘qlar miyasini ishlatadi.

🧠 @lazerg
  • 😁 24
Post #843 1.02K
Lazizbek Ergashev | IT Blog Assalomu Alaykum! Hozirda faol tarzda ish qidiryapman... Ushbu postga layk va comment (`cfbr`) qo'ysangiz xursand bo'lardim https://www.linkedin.com/posts/lazerg_opentowork-share-7492892898481295360-jakb
Even if I don't want to disclose the details, the layoff probably affected me too... What I can say is: It was not my decision

🧠 @lazerg
Older posts →

About this channel

How can I read @lazerg without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Lazizbek Ergashev | IT Blog: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Lazizbek Ergashev | IT Blog have?
Lazizbek Ergashev | IT Blog (@lazerg) has 568 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Lazizbek Ergashev | IT Blog know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →