TGViewer
Lazizbek Ergashev | IT Blog Lazizbek Ergashev | IT Blog @lazerg · 568 subscribers
Post #867 222
Dasturlashni 2016-yilda, 14 yoshimda boshladim.

16 yoshimda frilanser bo'lib ishlay boshladim, chunki u yoshdagi bolani hech kim ishga olmasdi, o'shanda O'zbekistonda dasturlash hozirgidek mashhur ham emasdi. Shuning uchun yoshimni 20-22 deb yozib, xorijiy frilans platformalarda ish topdim. Ishlarim shunchalik yaxshi ketdiki, freelancehunt.com saytida O'zbekistondan #1 dasturchi bo'ldim.

Hozir frilansni to'xtatdim, chunki u yerni AI botlar bosib ketdi. 9-5 ishlaydigan oddiy ishga o'tdim. Nolimayman: ish barqaror, kelajakni rejalashtirsa bo'ladi.

Bilaman, ko'pchiligingiz kanalga boshida yozgan frilans maslahatlarim uchun qo'shilgansiz. Lekin hozir bunaqa maslahatlar yozishda ma'no ko'rmayapman. Hech kim maslahat so'ramaydi, o'zim ham bu yo'nalishda rivojlanishni to'xtatdim, chunki endi siz ham, men ham AIdan so'raymiz.

Bu AI degan narsa qayerga olib borishini bilmayman, lekin maslahatim: moslashuvchan bo'ling va o'zgarishlarga har qachongidan ham ochiq bo'ling. AIdan ko'p foydalanaman, lekin unga shubha bilan qarayman. U insoniyatni yaxshiroq kelajakka olib boradi deb o'ylamayman. U faqat korporatsiyalarning foydasini oshiradi, xolos deb o'ylayman.

Part [2/2]

🧠 @lazerg
  • 👍 23
More from @lazerg
  1. Oct 13, 2026Bugun 25 yoshga to'ldim. Chorak asr degani bu, shuning uchun shu paytgacha nimalarga ulgur…
  2. Oct 13, 2026Kanal muallifini 24 yoshida yo‘qotdik. 😔😔 Barcha ma’lumotlar izohlarda.
  3. Oct 12, 2026Korporatsiyalar AI'ni ishlatib bizni yo'qotmoqchi edi, qasos uchun biz AI'ni ishlatib o'zl…
  4. Oct 7, 2026Adobe’ning barcha dasturlarini vibecode qilib tashlab, open source qilib qo‘yishibdi: http…
  5. Oct 6, 2026Upwork haqida 🧠 @lazerg
  6. Sep 22, 2026@khamroev gapim xato ekanini izohlarda isbotlab qo‘ydilar. Kalta o'ylab yozganim uchun uzr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →