TGViewer
Lazizbek Ergashev | IT Blog Lazizbek Ergashev | IT Blog @lazerg · 568 subscribers
Post #87 4.74K
❗️ Freelancer bo'lib ishlash uchun 10 qadam.

1️⃣ Nima uchun aynan freelance - Birinchi bo'lib aniqlash zarur bo'lgan narsa, nima uchun aynan freelancer bo'lmoqchisiz? Buni biron yerga yozib qo'ying, masalan shu post izohiga bo'lsa ham mayli. Muximi aniqlab oling nima uchun aynan shu yo'nalish sizga qiziq. Aniq maqsadingizni yozib qo'yganingizdan keyin yo'l o'rtasida to'xtab qolmaysiz !

2️⃣ Sohangizni tanlang - Aniq bir sohani tanlang. Soha deganda bunga: Web-dizayn, Dasturlash, SMM, Kopiraytingni misol keltirish.

3️⃣ O'rganing - Aniq bir sohani tanlab bo'lganingizdan keyin, internetdan bepul materiallarni topib o'rganib chiqing. Boshida tanlagan sohangiz rostanam sizga qiziqmi, shuni aniqlashingiz kerak. Keyinchalik pulli resurslardan o'rganishni boshlasangiz ham bo'laveradi. Masalan, siz web-dizaynni tanlagan bo'lsangizu, lekin sizni qiziqtirmasa, xafa bo'lish kerakmas, boshqa sohalarni ham ko'rib chiqing. Shunchaki harakat qilib ko'ring. Odam faqat o'zi qiziqgan sohada mutaxasis bo'lishi mumkin.

4️⃣ Mijozlarni topishni o'rganing - Bu haqida alohida post yozgan edim. Asosiysi shuni unutmangki, boshida sizni vazifangiz bu: qanday bo'lsa ham ko'proq otziv to'plash, hattoki bu uchun arzon, deyarli bepul ishlashga to'gri kelsa ham.

5️⃣ Portfoliyo to'plang - Boshida har bir, hattoki kichik ishlaringizni ham portfolioga joylang. Portfolio uchun esa boshida biron bepul xosting, yoki konstruktor ham bo'laveradi, chunki unga kiradigan mijozga qilgan ishlaringiz muhimroq. Portfolio joylaganda ham, shunchaki screenshot va saytga havolamas, biroz qilgan ishingizni yoritib ham bering.

6️⃣ Blog - bu faqat telegram kanal emas, instagramdagi sahifangizni ham misol keltirsa bo'ladi. Har xil ijtimoiy tarmoqlardan ro'yhatdan o'tib, profilingizni to'ldirib, o'zingiz haqingizda ma'lumot berib turing. Ijtimoiy tarmoqlardan ham mijozlar ko'p keladi. Linkedindagi sahifa muximligi haqida yozib o'tgandim.

7️⃣ Moliyaviy yostiqqa ega bo'ling - Frilanserlikka endi qadam qo'yishni boshlaganda Финансовая подушкаga ega bo'lish juda ham muhim. Bu degani, ishlamasangiz ham hech bo'lmaganda 2-3 oy yashashga yetadigan pulingiz bo'lishi kerak. Bu pullar to'liq frilansga o'tib ketguningizcha psixologik sinmasligingiz uchun zarur bo'ladi 😈. Agar hozir offisda ishlab turgan bo'lsangiz, va u yerdan ketib to'liq frilansga o'tib ketishni rejalashtirgan bo'lsangiz, avval o'sha ishingizda moliyaviy yostig'ingizni (bilmayman tarjimasi qanday endi buni 😂) tiklab oling, keyin ishdan keting.

8️⃣ Yaxshiroq kompyuter oling - Bunga ortiqcha izoh shartmas manimcha, frilanserlar ishi doim kompyuterda, shuning uchun kuchliroq kompyuteriz bo'lsa, ishlash samaradorligingiz ham shuncha yuqori bo'ladi. Boshlanishida oddiyrog'i ham bo'ladi.

9️⃣ O'zingizni boshqarishni o'rganing - Frilanserlarni ish vaqti boshqarilmaydi, mijoz unga deadline qo'yadi, va o'sha deadline kuni kelganda, uni bajargan ishini tekshiradi. Shunday ekan vaqtni to'gri taqsimlash va o'zini boshqarib bilish frilanserlar uchun juda ham muhim.

🔟 Qo'rquvingizni yo'qoting - Bu soha men uchun emas ekan degan fikrlarni boshingizdan chiqaring. Hozir aytgan barcha qadamlarimdan ketma-ket o'tsangiz, frilanser bo'lib ishlashni boshlasangiz bo'ladi. Hamma ham boshidan boshlagan, hechkim mutaxasis bo'lib tug'ilgani yo'q.

Blogimda o'zim bilgan sirlarni o'rgatishga harakat qilyabman, iltimos postni do'stlaringiz bilan ulashib kanal rivojlanishiga o'z hissangizni qo'shing ☺️

👉 @lazerg
  • 👍 5
More from @lazerg
  1. Oct 13, 2026Dasturlashni 2016-yilda, 14 yoshimda boshladim. 16 yoshimda frilanser bo'lib ishlay boshla…
  2. Oct 13, 2026Bugun 25 yoshga to'ldim. Chorak asr degani bu, shuning uchun shu paytgacha nimalarga ulgur…
  3. Oct 13, 2026Kanal muallifini 24 yoshida yo‘qotdik. 😔😔 Barcha ma’lumotlar izohlarda.
  4. Oct 12, 2026Korporatsiyalar AI'ni ishlatib bizni yo'qotmoqchi edi, qasos uchun biz AI'ni ishlatib o'zl…
  5. Oct 7, 2026Adobe’ning barcha dasturlarini vibecode qilib tashlab, open source qilib qo‘yishibdi: http…
  6. Oct 6, 2026Upwork haqida 🧠 @lazerg
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →