22 yoshda uylandim, hozir qizimiz bor. Kichik oilamiz bilan deyarli 10 ta davlatni ko'rdik. 🇮🇩 Indoneziyada oddiy baliqchilarning uyida yashashdan boshlab to dunyodagi eng rivojlangan davlat 🇸🇬 Singapurni ham ko'rdik. O'tgan yili bolalikdagi orzuimni amalga oshirib, digital nomad bo'ldim. Lekin o'ylaganimdek qiziq emas ekan, shuning uchun 4-5 oydan keyin O'zbekistonga qaytib keldik.
Ha, plyajda bir qo'limda noutbuk, bir qo'limda kokos bilan ishladim. Lekin bu internetda ko'rsatilgandek emas, ko'pi feyk. Aslida juda noqulay. Tashqarida noutbuk qizib ketadi, batareya tez o'tiradi. Quyoshda esa yorqinlikni oxirigacha qo'ysangiz ham ekranda hech narsa ko'rinmaydi. Va hokazo.
To'rt tilda gaplashaman: 🇹🇯 tojik, 🇺🇿 o'zbek, 🇷🇺 rus va 🇬🇧 ingliz. Bu juda complex: Buxoroda tojikcha gaplashamiz, maktabda, litseyda o'zbekcha o'qiganman, ishda esa rus va ingliz tilida ishlayman. Xullas, universalman ~
TATUda o'qidim. O'sha kunlar hayotimdagi eng yomon kunlardan edi, lekin muhim qadam ham bo'ldi. Hozir qandayligini bilmayman, lekin men o'qigan paytda tizim juda kringe edi: o'qishingdan ko'ra kiyimingga ko'proq qarashardi. Dekanning gapi hali ham esimda: "Qanchalik aqlli bo'lishingning farqi yo'q. Kostyum bryuk kiymasang, O'zbekiston uchun bir tiyin odamsan." 🤡
Ishim sharofati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, vazir Sherzod Shermatov va boshqa ajoyib insonlar bilan uchrashganman.
Part [1/2]🧠 @lazerg