TGViewer
Lazizbek Ergashev | IT Blog Lazizbek Ergashev | IT Blog @lazerg · 568 subscribers
Post #19 1.57K
❓ Frilansda birinchi mijozlar qanday topiladi

Frilansda eng qiyin ishlardan biri - bu boshlab olish. Chunki boshida sizning portfoliongiz bo’lmaydi, va tabiiyki mijozlar ishni sizga topshirishga ikkilanadi.

1️⃣ Sabrli bo’ling - frilans birjaga kirib, ishni olmoqchi bo’lganizda, va sizni tanlamasalar, frilanserlik men uchun emas ekan deb, darrov tashlab ketish kerak emas. Birinchi ishni qachon olishingiz aniqmas, balki 1 haftada, balki bir oyda. O’z tajribamdan kelib chiqib aytamanki, birinchi buyurtmani 3 kunda olganman, ammo ikkinchisini 1 oydan keyin. (o’sha payt weblancer.net bilan ishlar edim)

2️⃣ Muhimi birinchi buyurtmani olish - boshida arzonroqqa ishlashga majbur bo’lasiz, chunki sizda portfolio bo’lmaydi, va buyurtmachi sizga katta pul tikishga qo’rqadi, o’sha uchun boshida arzonroqqa ishlab turib, o’zizni ko’rsating! Dasturlash sohasida boshiga hechkim sizga katta bir buyurtmani bermasligi mumkin, bironta saytni berib kichik kichik o’zgartirishlar kiritishni aytadi xolos. Lekin vaqt o’tgan sari, tajriba va portoflio yig’ib borganizdan keyin, butun boshli proyektni sizga topshirishlari ham mumkin!

3️⃣ O’zingizni aqllidek ko’rsatmang - hech qachon qilib bilmaydigan ishingizni, qilib bilaman deb aytmang, chunki buyurtmani olganingizdan keyin o’zingizga stress bo’ladi, qanday endi qilaman degan. Agar shunday holat yuzaga kelsa, vaqtni cho’zmang, buyurtmachiga ayting, bu ishni eplolmayman deb, shunda o’zingizni ham uning ham vaqtini o’girlamagan bo’lasiz va qilib bilmaganingizni darrov aytganingiz uchun u sizga yomon otziv(baho) ham qo’ymaydi. Buyurtmani olishdan oldin yaxshilab o’qib chiqing, qanaqa proyekt bu, nimasini o’zgartirish kerak, qaysi stack (dasturlash tillari)da yozilgan va hokazo.

Umuman oganda frilansda marketing katta rol o’ynaydi. O’z sohangizni zo’r bilishdan tashqari, o’z xizmatlaringizni sotib bilish ham muxim!

👉 @lazerg
More from @lazerg
  1. Oct 13, 2026Dasturlashni 2016-yilda, 14 yoshimda boshladim. 16 yoshimda frilanser bo'lib ishlay boshla…
  2. Oct 13, 2026Bugun 25 yoshga to'ldim. Chorak asr degani bu, shuning uchun shu paytgacha nimalarga ulgur…
  3. Oct 13, 2026Kanal muallifini 24 yoshida yo‘qotdik. 😔😔 Barcha ma’lumotlar izohlarda.
  4. Oct 12, 2026Korporatsiyalar AI'ni ishlatib bizni yo'qotmoqchi edi, qasos uchun biz AI'ni ishlatib o'zl…
  5. Oct 7, 2026Adobe’ning barcha dasturlarini vibecode qilib tashlab, open source qilib qo‘yishibdi: http…
  6. Oct 6, 2026Upwork haqida 🧠 @lazerg
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →