Xuddi shunday, aka. AI open source narsalardan foydalanib, ishni qoyillatib qo‘yadiku, to‘g‘rimi?
Masalan, Node.js misolida tushuntiray, chunki buni ko‘proq odam biladi. AI’ga “backend qilib ber” desangiz, nima qiladi? Open source narsalarni ishlatib qiladi. Masalan, backendni NestJS’da yozadi (u ham open source), database sifatida PostgreSQL’dan foydalanadi (u ham open source), keyin Prisma ORM’ni qo‘shadi (u ham open source) va oxirida response qaytaradi.
Keyin hammasini Docker’ga joylaydi (u ham open source), Ubuntu serverga deploy qiladi (u ham open source) va bo‘ldi. “Ana, AI backend qildi”, deb o‘ylaysiz. Aslida esa AI shunchaki open source loyihalarning documentation’larini o‘qib, ularni bir-biriga ulab berdi.
Lekin biroz low-level’ga tushsak-chi? PostgreSQL ichkarida qanday ishlaydi? Nega request ko‘p vaqt olyapti? Men, masalan, oyiga 10 million odam ishlatadigan app’ning backendini shunchaki vibe coding qilib qurib bo‘lishiga umuman tasavvur qilolmayman.
Chunki PostgreSQL’da qaysi column uchun qanday data structure’li index ishlatish kerakligini bilmasangiz, 10 mln user uchun tez resposne qaytaradigan backend tuzolmaysiz. Yoki cachinglarni chuqur bilmasangiz. Prosta "cache the backend" emas, qanday qilsa optimizatsiyalandi..
Vibecoderlar va chala dasturchilar odatda shitty startupcha narsalar qilishadi, uni o‘zidan va do‘stlaridan boshqa hech kim ishlatmaydi. Keyin esa: “Ana, AI qildi, demak dasturlashni bilish shart emas”, deyishadi.
Lekin scalability-chi? Dasturingiz 1 million userga chiqqanda ham ishlaydimi? (agar chiqsa albatta)
Post #853
937

- 👍 8