Menga eng alam qilayotgani o‘zim hurmat qilgan dasturchilarni ko‘rsam, avvallari ular juda qiziqarli videolar va dasturlash bo‘yicha foydali darslar qilishardi. Hozir esa qarasam, deyarli hammasi faqat AI haqida gapiryapti. Qaysi model kuchli, Astra zo‘rmi, Fable zo‘rmi va hokazo. Yana bittasi chiqib: “Mana, endi kompyuterga o‘tirishim ham shart emas, telefondan turib kod yozaman”, deb maqtanadi.
Dasturlashni chuqur o‘rgatadigan odamlar qolmayotgandek. Hamma AI bo‘yicha nimanidir o‘rgatyapti. Kodni coding agentlar yozib berayotgani bilan dasturlashni chuqur tushunish endi kerak emas bo‘lib qolmadiku. Aksincha bu hozirgi AI world da juda muhim.
Bunga oddiy misol sifatida Владилен Минин (https://www.youtube.com/@VladilenMinin) ni keltirishim mumkin. JavaScript va Vue.js’ni aynan shu kishidan o‘rganganman. U kishining kurslari shunchaki “.map nima?”, “.filter nima?” degan darajada emasdi. JavaScript ichkarida qanday ishlashi, Promise’lar nega asinxron ishlayotgandek ko‘rinishi, aslida qanday ishlashi va buni qanday isbotlash mumkinligi kabi narsalarni chuqur tushuntirardi.
Hozir esa kanalini ko‘rsam, asosan “AI agentim buni qiladi”, “AI agentim uni qiladi” degan mavzular. U kishini ham tushunsa bo‘ladi, albatta. Bozordagi talabga qarab moslashishadi. Dasturlash haqida chuqur kurs chiqarishsa, ehtimol prosmotr kamroq bo‘lardi.
Lekin baribir dasturlashni chuqur o‘rgatadigan kontent juda kamayib ketayotgandek tuyuladi. Ehh, bilmadim...
🧠 @lazerg
Post #852
597
Lazizbek Ergashev | IT Blog Kuzatganimcha, vibe coderlar va chala dasturchilar o‘ynayotgan shitty startupcha-startupcha o‘yinidan foyda qilayotganlar faqat AI modellar (OpenAI, Anthropic…) va infrastructure (domen, server, Vercel, Supabase…) sotayotganlar. 🧠 @lazerg
- 👍 7