TGViewer
Lazizbek Ergashev | IT Blog Lazizbek Ergashev | IT Blog @lazerg · 567 subscribers
Post #846 711

Forwarded from Adizbek Ergashev's blog

Biz MustaqiLLM’ni yaratdik!

Bugun biz uchun muhim kun, o‘zbek tili uchun noldan yaratilgan Katta Til Modelini taqdim etdik.

Bu mavjud xorijiy modelning oddiy fine-tune qilingan versiyasi emas.
Biz modelni noldan yaratdik va o‘qitdik.

Model:

→ 5 milliard parametr
→ 40 milliard tokenlik ko‘p tilli dataset
→ 48 ming tokenli BPE tokenizer
→ O‘zbek tiliga maxsus moslashtirilgan
→ Grouped-Query Attention
→ QK-Normalization
→ Uzun kontekst bilan ishlashga tayyor arxitektura

Nega mustaqil LLM muhim?

AI bugungi raqamli infratuzilmaning muhim qismiga aylanmoqda. Shuning uchun o‘z tilimiz va ma’lumotlarimiz bilan ishlaydigan, texnologik jihatdan o‘zimiz nazorat qila oladigan modellarni yaratish strategik ahamiyatga ega.

Bu nafaqat o‘zbek tilining AI’dagi rivoji, balki lokal AI ekotizimi, ma’lumotlar xavfsizligi va kelajakdagi AI texnologiyalariga mustaqil hissa qo‘shish uchun ham muhim.

MustaqilLLM hali yakuniy manzil emas. Uning bilim, fikrlashi va umumiy til qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda davom etamiz.

Ammo bu o‘zbek tilidagi mustaqil AI’ni yaratish yo‘lidagi muhim boshlanish.

© NeuronAI Jamoasi


Model vaznlari huggingface platformasida joylashtirildi: https://huggingface.co/NeuronUz/MustaqiLLM

@adizbek_ergashev
huggingface.co NeuronUz/MustaqiLLM · Hugging Face We’re on a journey to advance and democratize artificial intelligence through open source and open science.
  • 👍 13
More from @lazerg
  1. Oct 13, 2026Dasturlashni 2016-yilda, 14 yoshimda boshladim. 16 yoshimda frilanser bo'lib ishlay boshla…
  2. Oct 13, 2026Bugun 25 yoshga to'ldim. Chorak asr degani bu, shuning uchun shu paytgacha nimalarga ulgur…
  3. Oct 13, 2026Kanal muallifini 24 yoshida yo‘qotdik. 😔😔 Barcha ma’lumotlar izohlarda.
  4. Oct 12, 2026Korporatsiyalar AI'ni ishlatib bizni yo'qotmoqchi edi, qasos uchun biz AI'ni ishlatib o'zl…
  5. Oct 7, 2026Adobe’ning barcha dasturlarini vibecode qilib tashlab, open source qilib qo‘yishibdi: http…
  6. Oct 6, 2026Upwork haqida 🧠 @lazerg
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →