Biror narsada tanilib qolsangiz, vaqt o'tgani sayin o'sha sohada yanada kuchayib borasiz.
Dasturchi "X bilan shug'ullanadigan odam" sifatida tanilib qolsa, unga X bo'yicha loyihalar taklif qilina boshlaydi, X mavzusidagi konferensiya va meetuplarga chaqiriladi, X ga qiziquvchi yosh dasturchilar bilan tanishtiriladi, X bo'yicha kod review so'rashadi va X bo'yicha hamkorlik takliflari kela boshlaydi.
Reputatsiya imkoniyatlarni aynan sizga yo'naltiradi. Shu tariqa, asta-sekin siz X sohasida haqiqatan ham nodir darajada chuqur tajriba to'playsiz.
Tajriba reputatsiya yaratadi. Ammo reputatsiya ham ba'zida tajriba yaratadi.
🧠 @lazerg
Post #856
582
- 👍 10