TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6527 11.4K
#operatsion_tizim

🖱 Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish

An’anaviy sichqoncha kursori bilan doimiy foydalanib zerikdingizmi? Tizimda qoida bo‘yicha o‘rnatilganidan tashqari yana ko‘plab boshqa kursorlar to‘plamlari mavjud. Agar ushbu to‘plamlar ham sizni qoniqtirmasa, unda Internetdan yuklab olish mumkin bo‘lgan to‘plamlarga yuzlanamiz.

1️⃣. WIN + R → control mouse → ENTER ketma-ketligi bo‘yicha o‘tib, “Мышь” muloqot oynasini ekranga chaqiring, Ochilgan oynada “Указатели” varaqa (вкладка)sini tanlang.

2️⃣. “Схема” bo‘limida o‘z kursoringiz uchun tizim sxemalaridan birini tanlashingiz mumkin. P.S.: ularning barchasi istalgani kabi chiroyli bo‘lib tuyulmasligi mumkin.

3️⃣. Ushbu yoki boshqa biror manzildan ma’qul kelgan kursorlar to‘plam(lar)ini yuklab olishingiz mumkin. Bunday to‘plamlarning qariyb barchasida “install.inf” fayli bo‘ladi — ushbu fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va “Установить”ni tanlaymiz.

⚠️ Agar yuqorida keltirilgan saytni brauzeringizda yuklab, muayyan bir kursor to‘plami nomi ustiga bosib, keyingi ochiluvchi sahifada u bilan tanishib, yuklab olishga qaror qilsangiz, buni pastda binafsha rangdagi Начать скачивание yoki o‘ng tomondagi yashil Скачать tugmasi orqali emas, balki pastki o‘ng burchakdagi Скачать с сервера tugmasi yordamida yuklab olishni tavsiya etamiz. Qolgan ikki tugma shunchaki reklama maqsadida joylashtirilgan.

4️⃣. Kursor parametrlari oynasiga qaytamiz, ma’qul kelgan mavzuni tanlaymiz va undan ham zeriktirguniga qadar foydalanamiz. Istalgan vaqtda xuddi shu sozlamalar bo‘limiga o‘tib, yana tizim kursorini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish
• Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish
• Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash
• Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
• Windows 10'da bir nechta oynalar bilan ishlash
• Windows 10'da “Проводник” dasturini qayta ishga tushirish
• CTRL klavishi yordamisiz giperhavola bo‘yicha o‘tish
• Butun abzatsni belgilashning uch oddiy usuli
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Birinchi sharikchali sichqoncha
• Soyuz davrida ishlab chiqarilgan sichqoncha
• O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
• Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →