TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6140 4.33K
#operatsion_tizim

🔄 Windows 10'da “Проводник” dasturini qayta ishga tushirish

Fayllar, yorliqlar, papkalarning noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, Пуск menyusi va boshqa grafik qobiq komponentlarining noto‘g‘ri ishlashiga olib keluvchi holatlar yuzaga kelganda Проводник'ni qayta ishga tushirish maqsadga muvofiqdir.

Buni
CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiriluvchi Диспетчер задач oynasi orqali amalga oshirish mumkin. Процессы varaqa (вкладка)sida ishlab turgan jarayonlar ro‘yxati orasidan Проводник (Explorer)ni tanlang va Перезапустить tugmasini bosing.

Ushbu harakatni avtomatlashtirish uchun biz ishchi stolining kontekstli menyusiga Перезапустить Проводник bandini qo‘shishimiz mumkin. Buning uchun ushbu arxivda keltirilgan tayyor reyestr tvikidan foydalaning. Uning ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosib, ochilgan oynadagi so‘rovni tasdiqlash lozim xolos!

📌 P.S.: Windows 7'dagi Диспетчер задач'da Перезапустить tugmasi yo‘q. Bunday maqsadlar uchun explorer.exe jarayonini tugallash (ro‘yxatdan topib DELETE klavishini bosish orqali), so‘ngra qayta ishga tushirish lozim.

• explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki Проводник oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim uchun shunday. Aytaylik, siz tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran” va “sichqoncha ko‘rsatkichi” holatiga duch kelib qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli va Windows'ning odatiy boshqa elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл -> Новая задача (Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi).

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →