TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6073 6.52K
#operatsion_tizim #hardware

🖱⚙️ Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash

ℹ️ Kompyuter bilan ishlaganimizda sichqoncha juda kerakli va anchagina ishimizni osonlashtiruvchi qurilma hisoblanadi. Bugun bir sozlama orqali undan foydalanishda yanada tezkorlikka erishishni o‘rganamiz.

Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

1️⃣. WIN + R birikmasi orqali chaqiriluvchi “Выполнить” oynasiga control mouse buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosamiz.

2️⃣. Ochilgan “Мышь” muloqot oynasining yuqorisidagi “Параметры указателя” bo‘limiga o‘tamiz va uning markazida keltirilgan “Исходное положение в диалоговом окне” maydonidagi “На кнопке, выбираемой по умолчанию” bandini faollashtiramiz (✅).

3️⃣. Oyna ostidagi OK tugmasini bosgan holda kiritilgan o‘zgartirishni saqlaymiz.

🎞 Batafsil ko‘rsatma post ostidagi videoda ko‘rsatilgan👇🏻.

🤔 Nima o‘zgarganini bilish uchun shunchaki WIN + R birikmasini bosing va sichqonchaning kursori avtomatik ravishda OK tugmasi ustida paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz.

❗️Ushbu sozlama majburiy emas, kompyuter uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Sozlamani faollashtirilgan joyidan o‘chiriladi.

📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi

📌 P.S.: Kimda-kim Windows XP'ning rus mutaxassislari tomonidan ma’lum muddatga qadar maxsus yaratilgan Chip XP to‘plamlaridan birini kompyuteriga o‘rnatib ko‘rgan bo‘lsa, sichqonchaning qoida bo‘yicha faol tugmaga avtomatik o‘tishini kuzatgan bo‘lsa kerak.

Ushbu funksiya bizga noqulaylik tug‘dirgani uchun, ushbu ko‘rsatmadan biz bu funksiyani faolsizlantirish uchun foydalandik, siz ham amalda sinab ko‘rib, yakuniy xulosaga kelishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →